«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 459 Kb.
bet14/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati taklif etilgan model, boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mutaxassislik fanlarining axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish va undan foydalanib oʻqitish metodikasini, oʻqitish usullari va vositalarini takomillashtirish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati talabalarni zamon talabiga javob beruvchi yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirishda ularga ta’lim beruvchi pedagoglarga elektron ta’lim resurslarini yaratish dasturlaridan foydalanishning yangicha metodikasi ta’lim jarayoniga qoʻllash, ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni, oʻquv kurslari mazmunini takomillashtirish, zamonaviy axborot-uslubiy ta’minotni yaratish va ilgʻor ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun xizmat qiladi.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha jami 20 dan ortiq ilmiy ish chop etilgan.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining tahlillari, taqdim etilgan metodik ishlanmalar va tavsiyalarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Oʻtkazilgan ilmiy tadqiqodlar tahlili natijasida oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shakli “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” ta’lim yoʻnalishida mutaxassislik fanlarini oʻqitishda bir qator muammolar borligi ochib berildi va ularni hal qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
2. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatlari ochib berildi. Axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish jarayonida elektron oʻquv kursi elementlarining interfaolligi va avtomatik baholash koʻproq e’tibor qaratildi. Bunda tadqiqotlarning sohasi kengaytiriladi va mazkur sohadagi mustaqillik ta’minlanadi.
3. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlaridan axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirishning integrativ modeli (maqsadli, axborot-uslubiy, mazmunli protsessual, natijaviy) ishlab chiqildi va ta’lim resurslari turlari, didaktik prinsiplari va oʻquv jarayonidagi funktsiyalaridan kelib chiqqan holda mutaxassislik fanlariga mos axborot-uslubiy ta’minoti takomillashtirildi.
4. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shakli talabalarining integratsiyalashgan axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish bosqichlari va oʻqitish jarayonini nizom asosida tashkil etilishi semestr davomida mutaxassislik fanini oʻqitish uzluksizligini ta’minlashga erishildi.
5. Axborot-uslubiy ta’minotni LMS Moodle platformasida loyihalashda elektron kutubxona, videokonferensaloqa, ilmiy ishlar bazasi, ijtimoiy tarmoqlar va interfaol elementlar integratsiya qilindi va shu bilan elektron oʻquv kursi bir tizim doirasida barcha resurslarni oʻzida mujassamlashtirdi.
6. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlaridan talabalarning oʻzlashtirish natijalarini obyektiv baholashda LMS Moodle ning interfaol elementlaridan (topshiriq, test va H5P elementlari) foydalangan holda baholash tizimi ishlab chiqildi. Bundan tashqari elektron oʻquv kursi tarkibida yozma va ogʻzaki nazorat shakllari natijalarini kiritish uchun ma’lumotlar bazasi elementidan ham unumli foydalanildi.
7. Oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari natijasi shuni koʻrsatdiki, chop etilgan oʻquv-uslubiy majmua, yaratilgan elektron oʻquv qoʻllanma, integrativ elektron oʻquv kursi, youtube kanal va vizual materiallar orqali sirtqi ta’lim shakli talabalarining mustaqil ishlashi, bilimlarni mustaqil izlash, topish va amalda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” mutaxassislik fanini axborot-uslubiy ta’minot asosida oʻqitish jarayonida tajriba-sinov guruhlarida “a’lo” va “yaxshi” baho olgan talabalar soni ortgan, “qoniqarsiz” va “qoniqarli” baho olganlar soni nazorat guruhlariga nisbatan kamaygan.
Tadqiqot natijasida erishilgan yutuqlar bilan ba`zi mulohazali jihatlari ham mavjud:
1. Tadqiqot ishining 1 va 2 bob larining xulosasi to’liqroq yoritilishi lozim. Xulosa tadqiqot ishida amalga oshirilgan barcha ishlarni qamrab olsa ishning salmog’i yanada oshgan bo’lar edi.
2. Tadqiqot ishida elektron ta’lim sharoitida sirtqi ta’lim shakli talabalarini tayyorlash jarayonining oʻzaro ta’sir bosqichlari yaxshi yoritilgan. Ammo muddatlari aniqlashtirilmagan.
3.Avtoreferatda “H5P” texnologiyalar komponentalari mazmuni yanada kengroq ochib berilganda maqsadga muvofiq bo’lar edi.
4. Dissertatsiya ishini tahlil qilishda eski adabiyotlarga ham foydalanilgan. Asosan yangi adabiyotlarga e`tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yuqorida keltirilgan kamchilik va takliflar ishning ilmiy qiymati va mazmuniga salbiy ta`sir qilmaydi. Muallifning e`lon qilingan maqolalari va avtoreferat dissertatsiyaning asosiy mohiyatini o’zida ifodalagan. Shularni hisobga olib Sariyev Rustam Bobomuradovichning dissertatsiya ishini nihoyasiga etkazilgan, yakunlangan ilmiy-tadqiqot deb hisoblash mumkin.
Tadqiqotchi Sariyev Rustam Bobomuradovichning 13.00.06 – “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi tadqiqot ishi mazmuni va hajmi jihatidan Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga qo’yilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilgan. Avtoreferat dissertatsiyaga mos keladi hamda uning asosiy mazmunini qamrab oladi va uning muallifini pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling