«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Rais: Taqrizchining fikrlariga munosabat bildirish uchun so’z dissertantga. R.B.Sariyev


Download 459 Kb.
bet15/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

Rais: Taqrizchining fikrlariga munosabat bildirish uchun so’z dissertantga.
R.B.Sariyev: Dissertatsiya ishimizni o’z vaqtingizni ayamay ko’rib chiqib, bergan mulohazalaringiz uchun Sh.Nurullayevaga minnatdorchilik bildiraman. Menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.
Rais: Navbatdagi so’zni ikkinchi taqrizchi p.f.d. (DSc), dotsent Z.Chorshanbiyevga beramiz, marhamat!
Jahonning rivojlangan davlatlarida, xususan AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreyaning rivojlanish garovi bo’lib inson omilini kuchaytirishga qaratilgan investitsiyalash, ya`ni inson salohiyati taraqqiyoti, xususan aholi ta`lim darajasining oshishi va yosh kadrlarning professional tayyorgarligi bilan belgilanadi. Mamlakat va mintaqalarning ustuvor iqtisodiy o’sishinita`minlashning yo’li zamonaviy bosqichda aynan ta`lim sifatini oshirish sohasida topiladi.
Ma`lumki, bugungi kunda dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarida ta`lim paradigmasi o’zgarib bormoqda. Osiyo ta`lim modeliga asosan o’quv jarayoni nazariy bilimlar berishdan olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirishga, axborot texnologiyalari asosida talabalarni mustaqil o’qish, mustaqil ta`lim olish malakalarini shakllantirishga qaratilmoqda.
Mamlakatimizda oliy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlash mazmunini zamonaviy talablar asosida tubdan qayta ko’rib chiqish, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash hamda sohani jahon standartlari darajasida rivojlantirishda oliy ta`lim tizimida innovatsion faoliyatni boshqarishni takomillashtirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu borada asosiy bilim sohalari bo’yicha media manbalar, elektron ta`lim resurslari milliy tizimini yaratish, jahonning ta`lim resurslariga kirish va bu infrastrukturani takomillashtirish, o’quv jarayonida jahonning va milliy elektron ta`lim resurslaridan axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali foydalanish, ta`lim muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish muhim omillardan biridir. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqgan holda Dissertant R.B.Sariev tomonidan bajarilgan tadqiqot ishi sirtqi ta`lim shakli talabalari uchun mutaxassislik fanlarini o’qitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta`minotning takomillashtirilganligi bilan dolzarb hisoblanadi.
Dissertatsiya kirish, uch bob, sakkiz paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, umumiy xajmi 126 betni tashkil etadi.
Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan, muammoning o’rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob`ekti, predmeti aniqlangan, shuningdek, tadqiqot ishi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga mosligi ko’rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarining amaliyotga joriy etilishi, e`lon qilinganligi, ishning tuzilishi bo’yicha ma`lumotlar berilgan.
Tadqiqotning birinchi bobi “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari” deb nomlangan boʻlib, sirtqi ta’lim shakli talabalarini oʻqitishning hozirgi holati va uning muammolari ishlari tahlili, mutaxassislik fanlarini oʻqitishda axborot-uslubiy ta’minotning oʻrni va undan foydalanish imkoniyatlari, mutaxassislik fanlaridan axborot-metodik ta’minotni integrativ texnologiyalar asosida ishlab chiqishning didaktik prinsiplari yoritilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish va foydalanish texnologiyasi” deb nomlangan boʻlib, unda sirtqi ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlaridan axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirishning integrativ modeli, sirtqi ta’lim shakli talabalarining integratsiyalashgan axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish bosqichlari va oʻqitish jarayoni, mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish texnologiyasi bayon etilgan.
Dissertatsiyaning “Axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish boʻyicha eksperimental tadqiqotlar” deb nomlangan uchinchi bobida pedagogik tajriba sinov ishlarini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili keltirilgan.
Shuningdek, ushbu bobda, tajriba-sinov ob`ektlari, ishlari qatnashchilarini tanlab olishning pedagogik tajriba-sinov ishlarini samarali kechishi uchun, birinchi navbatda shunga manfaatdor, jarayonda qatnashish istagi mavjud bo’lgan faollik ko’rsatuvchi sub`ektlar tanlab olingan. Tadqiqotchi tomonidan tuzilgan so’rovnomalar va suhbatlar o’tkazilgan. Olingan natijalar matematik statistika metodida umumlashtirilib, tegishli xulosalar shakllantirilgan, olingan natijalar, diagramma, jadvallar ko’rinishida taqdim etilgan.
Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish samaradorligini tajribaviy tekshirish va baholash Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BuxMTI), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) va Andijon mashinasozlik instituti (AMI) kabi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan.
Oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari samaradorligi statistik tahlildan ma’lum boʻldiki, barcha oliy ta’lim muassasalarida tajriba-sinov ishlari nihoyasida, tajriba guruhidagi talabalarining bilim darajasi nazorat guruhiga nisbatan 1,16 (16 %) yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan. Bu esa oliy ta’lim sifatini ta’minlashda fanlarni integrativ axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanib oʻqitish jarayonini tashkil etish orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini koʻrsatadi.
Tadqiqot natijasida erishilgan yutuqlar bilan ba`zi mulohazali jihatlari ham mavjud:
1.Dissertatsiyada imloviy xatolar mavjud, mazkur xatolarni to’g’irlash zarur. Shuningdek, ba`zi jumlalarga aniqlik kiritilgan holda yozilishi kerak.
2. Dissertatsiyaning adabiyotlar ro’yxati belgilangan talab asosida qayta ko’rib chiqish lozim.
3. Dissertatsiyadagi jadval, rasm va sxemalarni raqamlashga e`tibor berilishi zarur.
Bu kamchiliklar ishning ilmiy qimmatiga putur etkazmaydi. Muallifning e`lon qilingan maqolalari va avtoreferat dissertatsiyaning asosiy mohiyatini o’zida ifodalagan. Sariyev Rustam Bobomuradovichning dissertatsiya ishini yakunlangan ilmiy-tadqiqot deb hisoblash mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadqiqotchi Sariyev Rustam Bobomuradovichning 13.00.06 – “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan “Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish (“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini sirtqi ta’lim shaklida oʻqitish misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi OAK tomonidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga qo’yilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilgan. Avtoreferat dissertatsiyaga mos keladi va uning asosiy mazmunini qamrab oladi. muallifini 13.00.06 – “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlapi bo’yicha falcafa doktopi (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb hisoblayman.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling