«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Download 459 Kb.
bet12/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

2-savolga javob: Pedagogikadagi integratsion yondashuv pedagogik jarayonning turli jihatlarini bir butun sifatida ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi va bu yangi sifat natijasi, yangi tizimli va yaxlit ta`limni beradi. Integratsion yondashuvning mohiyati va oliy kasbiy ta`limda integratsiyaning tarkibiy qismlari E.O.Galitskix taklif qilgan integrativ yondashuvning tuzilmasidan foydalanish imkonini berdi.
Fan ichidagi integratsiya-O’quv fani tabaqalashtirilgan va integrativ tizim sifatida-Bo’lajak mutaxassisning muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga nazariy va uslubiy tayyorligi
3-savolga javob: Bizning fikrimizcha, elektron ta`lim muhitida sirtqi bo’lim talabalarini o’qitish jarayoni sub`ektlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning tayyorgarlik, asosiy va yakuniy bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlarning mazmunini belgilaydi.
AUTning quyidagi asosiy yo’nalishlari aniqlandi: tashkiliy-uslubiy, o’quv, tahliliy. Ular sirtqi ta`lim shakli talabalarini tayyorlash jarayonining barcha bosqichlarida kuzatilishi mumkin.
Rais: Yana savollar bormi? Agar boshqa savollar bo’lmasa so’z taqrizchilarga beriladi, marhamat!
Birinchi taqrizchi p.f.d.(DSc), professor Sh.Nurullayeva
Jahondagi ilmiy, iqtisodiy, texnologik sohalaridagi rivojlanishlarni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalarning barcha sohalarda keng qo’llanilishi, bo’lajak mutaxassislardan, bu sohani yaxshi egallashlari, bilim va ko’nikmalarni doimiy ravishda oshirib borishlarini zamonning o’zi talab etmoqda. Bunday natijalarga erishish uchun, elektron ta`lim resurslari va vositalardan foydalanib, axborot-uslubiy ta`minotni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda ro’y berayotgan ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar, sanoat korxonalarini rivojlantirishga bo’lgan e`tibor, raqamli iqtisodiyotga bosqichma – bosqich o’tishi, bo’lajak mutaxassislardan chuqur bilim, o’z ustida ishlaydigan, mustaqil qarorlar qabul qila oladigan, ularning oqibatlarini taxmin qila oladigan, kabi bir qancha muhim qobiliyatlarga ega bo’lishlarini talab etmoqda. Ta`limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanib, sirtqi ta`lim shakli talabalarining mustaqil ishlari uchun muhit yaratish, olgan bilim va ko’nikmalarini doimiy ravishda nazorat qilish yaxshi natijalarga erishgan talabalarni rag’batlantirish va ular bilan alohida ishlash imkoniyatini yaratadi.
Dissertant tomonidan olib borilgan izlanishlar yuqoridagi vazifalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot doirasida quyidagi vazifalar muvaffaqiyatli hal etilgan:
1. Sirtqi ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajribani o’rganish, mutaxassislik fanlaridan interfaol ko‘p modulli elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqishda raqamli ta`lim imkoniyatlarini aniqlash;
2. Sirtqi ta’lim shakli talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-uslubiy ta’minotni tashkil etishning integrativ modelini optimallashtirish;
3. “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan masofaviy elektron o‘quv kursi va kursni tashkil etuvchi komponentlarni ishlab chiqish;
4. elektron ta’lim kontekstida o‘zaro hamkorlikning va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
Tadqiqot ishida mavzuga oid ilmiy ishlar, monografiyalar, pedagogik adabiyotlarni qiyosiy o’rganish va tahlil qilish, o’quv rejalari, dasturlari, darslik hamda o’quv qo’llanmalarni o’rganish, modellashtirish (loyihalash), pedagogik-ijtimoiy (test, anketa-so’rov, suhbat, kuzatish, dars mashg’ulotlarini tashkil etish) va pedagogik tajriba-sinov natijalarni matematik va statistik qayta ishlash metodlaridan foydalanilgan.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling