«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Download 459 Kb.
bet8/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

Yakuniy (nazorat va baholash) bosqichi test nazorati va imtihon sessiyasi davomida amalga oshiriladi. Ushbu bosqich fan tarkibidagi ma’ruzalar va amaliy mashgʻulotlarni umumlashtirishdan boshlanib, asosiy maqsad sessiyalararo davrda modullarni mustaqil oʻzlashtirish natijalarini umumlashtirish va olingan bilimlarni tizimlashtirish hamda amaliyotda qoʻllashga tayyorlashdan iboratdir. Mashgʻulotlar mobaynida talaba qoʻshimcha ball toʻplash imkoniyatiga ega boʻladi (malakaviy koʻnikmalarni namoyish qilish, loyihalar, oʻzaro tekshirish, har tomonlama baholash). Oʻquv modullarini oʻzlashtirib, barcha fanlar boʻyicha oraliq nazoratni oʻz vaqtida topshirgan talabaga test va imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi.
Axborot-uslubiy ta’minot modelini sinovdan oʻtkazish maqsadida Moodle – ta’limni boshqarish tizimi joriy qilindi hamda “TJBAKT” ta’lim yoʻnalishi sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” mutaxassislik fanidan elektron oʻquv kursi yaratildi.
Elektron oʻquv kursi interfaolligini oshirish hamda kurs elementlarini yagona tizimga birlashtirish uchun quyidagi ilovalar ingtegratsiya qilindi:

  1. Elektron kutubxona tizimi. Fanning asosiy va qo’shimcha adabiyotlaridan tezkor foydalanish talaba uchun fanni oʻzlaztirishda katta ahamiyatga egadir. Shu sababli, adabiyotlar(odatda PDF shaklda) kurs tarkibida yoki undan tashqarida yuklanadi. Bundan tashqari, adabiyotning kerakli qismiga oʻtish imkoniyati ham taqdim etiladi.

  2. Ilmiy ishlar bazasi. Oʻqituvhilar tomonidan yaratilgan ilmiy maqolalar, tezislar va boshqa ilmiy ishlar talabalarning fan boʻyicha yangi texnologiyalarni oʻzlashtirishlarida juda katta yordam beradi.

  3. Videokonferensiya(BigBlueButton). Sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun onlayn muloqot eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Chunki, oʻqituvchi bilan onlayn muloqot qilish va onlayn maslahatlar olish talaba uchun keyingi bosqichga oʻtishda va bilimlarini yanada chuqurlashtirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Videokonferensiya elementida onlayn muloqot, chat xizmati, taqdimot usullari va eng asosiy yutuqlaridan biri muloqotni avtomatik yozib olish imkoniyati mavjud.

  4. Ijtimoiy tarmoqlar(Telegram). Zamonaviy ta’limda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, kurs tarkibida forum elementi bilan Telegram ijtimoiy tarmogʻi kanalini sinxronizatsiya qilsh bosqichlari amalga oshirildi.

  5. Qoʻshimcha interfaol elementlar(H5P). Elektron oʻquv kursining interfaolligini oshirish uchun H5P interfaol elementlar xizmatidan foydalanildi. H5P interaktiv elementlari multimedia, nazorat topshiriqlari va o’yin texnologiyalari orqali amalga oshiriladi.

Axborot-uslubiy ta’minot modeli oʻquv jarayonining barcha bosqichlarida ta’lim resurslaridan talaba imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ham bosma ham elektron axborotlardan foydalanish gʻoyasini ilgari suradi. Talaba ta’lim resurslarining bosma shakllaridan tez va unumli foydalanishi uchun resurslarga murojaat xaritasi oʻqituvchi tomonidan puxta ishlab chiqilishi kerak. Albatta, bu jarayon elektron ta’lim resurslarida ham inobatga olishi kerak. Talaba bitta oddiy harakati bilan mavzu yoki tayanch tushuncha manbasidan foydalana olishi kerak. Shularni inobatga olgan holda, sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun sifatli, aniq va integrativ elektron oʻquv kursini yaratish va undan foydalanish talab etiladi. Elektron oʻquv kursini yaratishda sirtqi ta’lim shakli talabasiga oʻquv peredmetlarini toʻliq onlayn oʻqish imkoniyati ham berilishini inobatga olish zarur. Albatta, bu jarayon toʻliq oʻqituvchi nazorati va kuzatuvi asosida olib borilishi kerak.
Dissertatsiyaning “Axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish boʻyicha eksperimental tadqiqotlar” deb nomlangan uchinchi bobida pedagogik tajriba sinov ishlarini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili keltirilgan.
Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish samaradorligini tajribaviy tekshirish va baholash Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BuxMTI), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) va Andijon mashinasozlik instituti (AMI) kabi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirildi.
Ta’lim muassasalarini tanlash quyidagi omillarga asoslandi. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarining axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish jarayonini amalga oshiruvchi elektron ta’lim platformalarini yaratish va qoʻllash sohasidagi innovatsion ishlanmalar qoʻllab-quvvatlanishi; ularda moddiy-texnik baza va pedagogik shart-sharoitlar mavjudligi, oʻquv jarayonining kompyuter ta’minoti yetarli darajada ekanligi inobatga olindi.
Har bir OTM ga “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fani uchun yaratilgan elektron oʻquv kursi Moodle tizimiga oʻrnatildi va tajriba-sinov uchun ajratib olingan guruhlar kursga a’zo qilindi. Elektron o‘quv kursi fan tarkibidan tashqari elektron kutubxona, oʻqituvchilar ilmiy ishlari bazasi, videkonferensiya, ijtimoiy tarmoq (telegram), H5P interfaol elementlar va boshqa qoʻshimcha qismlar integratsiya qilindi hamda oʻqituvchi va talabalarga maxsus koʻrsatmalar berildi.
Nazorat va tajriba-sinov guruhlarining natijalari muntazam tahlil etildi va bir-biriga qiyoslanib, xulosa chiqarildi. Zarur boʻlgan hollarda bu jarayonda bevosita ishtirok etuvchi oʻqituvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar atroflicha muhokama etilib borildi. Buning uchun nazorat va tajriba-sinov guruhlarida tadqiqot-kuzatuv ishlarini olib bordik.
Olingan natijalarga asoslangan holda, “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanib oʻqitish samaradorligini aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tajriba-sinov natijalari Styudent matematik-statistik metodi yordamida tahlil qilindi.
Oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari natijasi shuni koʻrsatdiki, “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanini yaratilgan integrativ axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanib oʻqitishda tajriba guruhlarida “qoniqarli” baho olgan talabalar soni kamaygani hisobiga “yaxshi” va “a’lo” baho olgan talabalar soni ortgan, “qoniqarli” baho olganlar soni nazorat guruhlariga nisbatan kamaygan va tajriba guruhlarida “qoniqarsiz” baho olgan talabalar yoʻq.
Xulosa qilish aytish mumkinki, oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari samaradorligi statistik tahlildan ma’lum boʻldiki, barcha oliy ta’lim muassasalarida tajriba-sinov ishlari nihoyasida, tajriba guruhidagi talabalarining bilim darajasi nazorat guruhiga nisbatan 1,16 (16 %) yuqori koʻrsatkichga ega boʻldi. Bu esa oliy ta’lim sifatini ta’minlashda fanlarni integrativ axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanib oʻqitish jarayonini tashkil etish orqali yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini koʻrsatadi.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling