«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Download 459 Kb.
|
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiya materiallari toʻplami, OAK roʻyxatidagi maxsus jurnallar hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, nashr etilgan darsliklar va ular haqidagi retsenziyalar, respondentlar bilan oʻtkazilgan savol-javob, intervyular, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati taklif etilgan model, boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mutaxassislik fanlarining axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish va undan foydalanib oʻqitish metodikasini, oʻqitish usullari va vositalarini takomillashtirish bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati talabalarni zamon talabiga javob beruvchi yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirishda ularga ta’lim beruvchi pedagoglarga elektron ta’lim resurslarini yaratish dasturlaridan foydalanishning yangicha metodikasi ta’lim jarayoniga qoʻllash, ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni, oʻquv kurslari mazmunini takomillashtirish, zamonaviy axborot-uslubiy ta’minotni yaratish va ilgʻor ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun xizmat qiladi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassiklik fanlarini o‘qitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: sirtqi ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajribani qiyosiy taqqoslash va interiorizatsiyalash asosida mutaxassislik fanlaridan interfaol ko‘p modulli elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqishning axborot-uslubiy ta’minoti “H5P” raqamli ta’lim texnologiyasi asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar va takliflardan AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2020-2022 yy.) mavzularidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini ob’ektiv baholashga xizmat qilgan; sirtqi ta’lim shakli talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-uslubiy ta’minotni tashkil etishning integrativ modelini optimallashtirishga oid takliflar va ilmiy xulosalar AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2020-2022 yy.) mavzularidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va xulosalar oliy ta’limda bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan; sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun “Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan elektron o‘quv kursi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti va Buxoro muhandislik-texnologiya institutining sirtqi ta’lim shakli 5321700 – “Texnologik jarayonlarni boshqarishninig axborot-kommunikatsiya tizimlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron o‘quv kursi bo‘lajak muhandislarning mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishda axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan; elektron ta’lim kontekstida o‘zaro hamkorlikning va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv, tahliliy bosqichlari sessiya va sessiyalararo mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etishga xizmat qiluvchi “Elektron kutubxona” tizimi, “Ilmiy ishlar bazasi” tizimi, “Elektron darsliklarni yaratish texnologiyasining dasturiy vositalari” elektron o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Mazkur axborot-uslubiy ta’minot materiallaridan muhandislik ta’limi jarayonida foydalanish orqali talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilishga xizmat qilgan. Download 459 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling