Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilayotgan ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Akademik innovatsiyalar fondining AIF 2/20-“Texnik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarida shaxsga yoʻnaltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va oʻqituvchilar malakasini oshirish” mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida bajarilgan (2020-2022 yy.).
Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlarini oʻqitishda integrativ texnologiyalar asosida axborot-uslubiy ta’minotni takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
sirtqi ta’limni tashkil etishda milliy va xorijiy tajribani o’rganish, mutaxassislik fanlaridan interfaol ko‘p modulli elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqishda raqamli ta`lim imkoniyatlarini aniqlash;
sirtqi ta’lim shakli talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-uslubiy ta’minotni tashkil etishning integrativ modelini optimallashtirish;
“Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari” fanidan masofaviy elektron o‘quv kursi va kursni tashkil etuvchi komponentlarni ishlab chiqish;
elektron ta’lim kontekstida o‘zaro hamkorlikning va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-uslubiy, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
Tadqiqot obyekti oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shakli “Texnologik jarayonlarni boshqarishninig axborot-kommunikatsiya tizimlari” ta’lim yoʻnalishida mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlarining axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish shakllari, metodlari va vositalari.
Tadqiqotning usullari. Pedagogik-psixologik va ilmiy adabiyotlarni tadqiqot muammosi nuqtai nazaridan oʻrganish va tanqidiy tahlil qilish; mutaxassislik fanlari boʻyicha ilmiy-metodik manbalar tahlili; oliy ta’lim oʻquv-tarbiya faoliyatini kuzatish, anketa-soʻrovnomalar oʻtkazish, pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va oʻtkazish hamda olingan natijalarni matematik-statistik ishlov berish metodlaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |