«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha
Download 459 Kb.
|
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora
ESHITILDI: R.B.Sariyev:
Assalomu alaykum, hurmatli seminar raisi, a`zolari va qatnashchilari! E`tiboringizga dissertatsiya ishining qisqacha mazmunini havola qilaman. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahondagi rivojlangan davlatlar zamonaviy ta’lim tizimiga qoʻyilgan talablardan kelib chiqqan holda, ta’lim jarayonining axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib mashgʻulotlarni tashkil etish, ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etish va didaktik vositalarning integrativ texnologiyalaridan foydalangan holda oʻquv mashgʻulotlarini loyihalash ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omillaridan boʻlib hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim jarayoni an’anaviy didaktik vositalar (odatda bosmali) bilan birgalikda raqamli ta’lim resurslari va masofaviy oʻqitishning texnik-dasturiy vositalari imkoniyatlaridan integrativ holda foydalanishni taqozo etadi. Bu borada oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarining axborot-uslubiy ta’minotini integrativ texnologiyalar asosida ishlab chiqish va foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning eng ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash, masofaviy o’qitish texnologiyalari, jumladan, masofaviy o’qitishning dasturiy ta’minotlaridan o‘quv vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha dasturiy va metodik ta’minotlarni shakllantirish vazifalari muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Bu muammoni hal etish nafaqat o‘qituvchilardan pedagogik faoliyatda masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tashkiliy sa’y-harakatlarni, balki oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish texnologiyalarining dasturiy vositalarini tatbiq etish strategiyalari, shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni talab qiladi. Shu sababli, masofaviy o‘qitish texnologiyalari asosida interfaol elektron o’quv kurslarni yaratish va ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirish zaruriyati mavjud. Mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uygʻunlashtirib, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlash, rivojlangan mamlakatlar amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim tizimining sifat darajasini oshirish, kasbga yoʻnaltirilgan fanlarni o‘qitishda axborot-uslubiy ta’minotni integrativ texnologiyalar asosida uygʻunlashgan holda takomillashtirish va mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayonida foydalanish metodikalarini ishlab chiqish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlaridan axborot-uslubiy ta’minotning tarkibiga oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik, huquqiy, tashkiliy, dasturiy va texnik ta’minotlarni oʻzida mujassamlashtirgan integrativ yaxlit tizimni yaratish, shubhasiz, ta’lim sifatini oshirishda yangi istiqbollarni ochib beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 8-oktabrdagi PF‑5847‑sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2021 yil 10-dekabrdagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 459 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling