«tasdiqlayman» Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi


Download 459 Kb.
bet3/18
Sana06.05.2023
Hajmi459 Kb.
#1433572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
0 Етакчи семинар протокол R B Sariyev2 24 bet oq qora

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Mazkur dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining IV. “Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislik fanlarini oʻqitishda axborot-uslubiy ta’minotdan foydalanish mos kompetentlikni oʻzida mujassamlashtirgan, har tomonlama yetuk, raqobatbardoshlikka ega mutaxassislarni va pedagog kadrlarni tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oliy ta’lim muassasalarida muhandislik sohasi boʻyicha boʻlajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni murakkabligi oʻziga xos tarixga, xususiyatlarga ega.
Dissertatsiya doirasidagi ilmiy-tadqiqot tahlillari shuni koʻrsatdiki, masofadan oʻqitishni oliy ta’limga qoʻllash borasidagi ilmiy tadqiqotlar A.Abduqodirov, U.Sh.Begimqulov, R.Boqiyev, R.Hamdamov, S.I.Rahmanqulova, U.Yuldashev, A.X.Gafforov, A.E.Ibraymov va boshqalar tomonidan olib borilgan. Ta’lim jarayoniga axborot va kommunikatsion texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha F.Zakirova, M.Aripov, A.X.Pardayev, N.Tayloqov, O.Toʻraqulov, J.Hamidov, H.Qodirov va boshqalar, elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi boʻyicha T.Shoymardonov, I.Eshmuhamedov, Gʻ.Otamurodov, D.Mamatov,, A.Xoshimov, F.Gʻaffarov va boshqa bir qator olimlar shugʻullanganlar.
Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda elektron darsliklar va qoʻllanmalarni, virtual stendlarni yaratish va ularni oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllash masalalari boʻyicha Q.Olimov, N.Muslimov, O.Abduquddusov, D.E.Li, X.X.Muratov va boshqa olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Hamdoʻstlik mamlakatlarida sirtqi ta’lim shakli muammolari hamda uni modernizatsiya qilish boʻyicha S.P.Kritskiy, I.P.Lapchik, A. M.Novikov, V.I.Ovsyannikov, Yu.Rubin, I.Tavgen, M.A.Sveshnikovlar, sirtqi ta’limni axborot texnologiyalari va masofaviy oʻqitish vositalari yordamida takomillashtirish boʻyicha E.S.Polat, I.V.Robert, M.Yu.Buxankin, M.V.Moiseev, E.G.Skibitskiy va L.I.Xolina, V.I.Soldatkin, L.G.Titareva, V.P.Tixomirov, D.M.Sadikova, S.G.Vershlovskiy, V.V.Gorshkov, A.I.Jilin, S.I.Zmeeva, R.V.Berdichevskiy, Yu.N.Kulyutkin, G.S.Suxobskaya, V.V.Verjbitskiy, A.V.Gustir, Z.O.Djaliashvili, I.G.Shamsutdinova va boshqalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Xalqaro miqyosda rivojlangan chet el mamlakatlarida masofaviy oʻqitish va elektron ta’lim bilan bogʻliq ilmiy izlanishlar olib borilgan va bunda A.W. (Tony) Bates, D.A Keegan, S. Arafeh, , Curtis J. Bonk, Mimi M. Lee, Thomas C. Reeves, Thomas H. Reynolds, Shoaleh Bigdeli, Wiem Hachichaa, Leila Ghorbela, Ronan Champagnatb, Corinne Amel Zayania, Ikram Amousa kabi olimlarning ishlarini namuna sifatida keltirish mumkin.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling