6-savol. Diskning orqa tomonidagi to‘sgich qanday o‘rnatilgan va bunda nima hisobga olingan, to‘sgichga urilgan granula yon atrofga tushmaydimi?
Javob: Ozuqa tarqatish qurilmasi diskining orqa tomonida 1800 da to‘sgich o‘rnatilgan. Bunda u ozuqani faqat oldinga, suv havzasiga tomon sochilishini ta’minlaydi. To‘sgich yetarli balandlikka ega bo‘lganligi sababli ozuqalar undan chiqib ketib yon atrofga tushmaydi. To‘sgichga urilib qaytib tushgan granulalar aylanayotgan disk kurakchalari orqali oldinga sochiladi, nisbatan yon atrofga tushishi kuzatiladi, ammo bu qurilmaga qo‘yiladigan talablardan yuqori emas.
t.f.n., dotsent I.S.Xasanov
1-savol. Baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasining ishlash prinsipini to‘liq aytib bering?
Javob: Baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasi ko‘chma stasionar bo‘lib, granulalangan ozuqalarni sochish uchun mo‘ljallangan bunkerdagi ozuqa taqsimlash shnegi orqali kurakchali diskga kelib tushadi va aylanuvchi kurakchali disk orqali suv havzasiga ozuqalar bir tekis taqsimlab tarqatib beriladi.
2-savol. Qurilma suv havzasi qirg‘og‘iga o‘rnatilib, ishlaganda ozuqani sochish masofasi qanchani tashkil etmoqda?
Javob: Qurilma suv havzasi qirg‘og‘ida o‘rnatib ishlatilganda, ozuqani sochish masofasi 9,5-10,5 metrni tashkil etadi.
3-savol. Bir yo‘nalish yani vertikal bo‘yicha faqat oldinga sochmoqdami shunda?
Javob: Ha bu yerda oldinga sochadi, ammo to‘g‘ri chiziq bo‘ylab sochilmaydi, balki ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang ravishda ozuqaning sochilishi ta’minlanadi.
4-savol. Sizning baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmangiz suv havzasining qancha qismiga mo‘ljallangan yoki hovuzning chetki qismidagi baliqlarning oziqlanishini qanday nazorat qilasiz?
Javob: Ixtiolog olimlarning baliq ozuqa ratsioni talablaridan kelib chiqib o‘rganish, ya’ni tajribaviy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bunda bir gektar maydonga 3-5 ming tacha baliqlarning bo‘lishi shartidan kelib chiqib, 4 000 dona hisobida qabul qilib o‘rganganmiz, ya’ni shuncha baliq uchun o‘rtacha 125 m2 oziqlanish maydoni kerak.
5-savol. Dissertasiya ishining aftorefarati bilan tanishib chiqdim va mavzuda “qo‘llaniladigan” so‘zi ikki marta takrorlangan buni albatta to‘g‘rilash kerakmasmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |