Rais t.f.d., dotsent Z.L. Batirov: Hurmatli Ilmiy seminar a’zolari va qatnashchilari!
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan 22 kishidan iborat etib tasdiqlangan. Respublikamizda pandemiya sharoitida karantin qoidalariga amal qilgan holda bugungi yig‘ilishning qayd etish varaqasiga ko‘ra, Ilmiy seminar a’zolaridan 21 nafari, ulardan 7 nafari onlayn masofadan qatnashmoqda. Ilmiy seminar yig‘ilishini o‘tkazish uchun yetarli darajada kvorum bor. Shunday ekan, Ilmiy seminar yig‘ilish o‘tkazish vakolatga ega. Qanday takliflar bor?
t.f.d., prof. D.Sh.Chuyanov: Ilmiy seminar yig‘ilishini boshlashni taklif etaman.
Rais: Taklifga binoan Ilmiy seminar o‘z ishini boshlashi mumkin deganlar, marhamat, qo‘l ko‘tarib tasdiqlab berishlaringizni so‘rayman. Qarshilar – yo‘q, betaraflar – yo‘q. Bir ovozdan ma’qullandi. Rahmat!
PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar yig‘ilishini ochiq deb e’lon qilaman.
Sizlarning e’tiborlaringizga quyidagi kun tartibi havola qilinadi:
Qurbonov Fazliddin Qulmamatovich tomonidan 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida texnika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Toshkent davlat agrar universitetida bajarilgan.
Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Astanaqulov Komil Dulliyevich.
Taqrizchilar – texnika fanlari doktori, dotsent Karshiyev Faxriddin Umarovich (05.07.01), texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) v.b., dotsent Jumatov Yakubbay Karimbayevich (05.07.01), Taqrizchilar ilmiy seminarda qatnashyapti.
Kun tartibi bo‘yicha qanday fikrlar bor, tasdiqlasak bo‘ladimi?
(Ovozlar – ha). E’tirozlar yo‘qmi? – Yo‘q. Kun tartibi tasdiqlandi.
Agar boshqa takliflar bo‘lmasa, bugungi kun tartibidagi masala bo‘yicha izlanuvchining attestatsiya hujjatlari asosida tayyorlangan ma’lumotlar bilan seminar a’zolarini tanishtirish uchun so‘z ilmiy kotibga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |