3-savol. Granulalangan ozuqalarni 3 ta fraksiyalarga bo‘lib olinmoqda uchalasining bir-biridan farqlari mavjudmi, qolaversa sochish masofasiga ham tasiri bormi va bularning ichida qaysi birini tanladingiz?
Javob: Biz baliqlar uchun tarqatiladigan granulalangan ozuqalarning fraksiyaviy tarkibini bilish uchungina ularni uchta fraksiyaga ajratib o‘rgandik. Bunda 5- 10 mm o‘lchamdagi granulalar 10,2 % ni, 10-15 mm o‘lchamdagi granulalar 68,8 % ni, 15-20 mm o‘lchamdagi granulalar esa 21,0 % ni tashkil etishini aniqladik. Bularning ichida eng ko‘pi 10-15 mm gacha bo‘lgan granulalar bo‘lib, ular 68,8 % ni tashkil etishi aniqlandi. Granulalar uchta fraksiyaga ajratib o‘rganilgan bilan ular suv havzalariga aralash holatda sochiladi. Bu dastlabki talab va texnik topshiriqlarda ham keltirilgan.
4-savol. Unda nega 3 ta fraksiyalarga ajratildi, shulardan qaysi biri uzoqroqqa uloqtirilishi bo‘yicha tajribalar o‘tkazilsa va birorta ma’qul fraksiyani tanlab olsangiz maqbul hisoblanardi?
Javob: Biz granulalalrning nafaqat uzoqqa, balki disk yaqiniga ham tushishinini ta’minlashimiz kerak. Shunda ozuqalar kattaroq maydonga bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
5-savol. Diskning aylanishiga e’tibor beradigan bo‘lsak nima uchun kurakchalar qavariq shaklda berilmoqda, bu granulaning sochilishida to‘sqinlik qilmaydimi, buni qanday izohlaysiz?
Javob: Disk ustidagi kurakchalar granulalangan ozuqa bilan qavariq tomoni bilan ta’sirlashishi kerak. Shunda ularning sochilishi ta’minlanadi. Agar botiq tomoni bilan ta’sir etsa unda kurakchalar ozuqa granulalarini qamrab olib ichkariga tortib ketadi va ularning sochilishiga qarshilik qilib qoladi. Granulalarning uloqtirilishi disk 850 ga burilganda sodir bo‘ladi. Shu sababli kurakchalarning uchki qismi shu burchakka yaqin qilib burib joylashtirilgan.
t.f.d., dotsent Z.L.Batirov
1-savol. Granulalangan ozuqalarni tarqatishda ularning g‘ovakligi hisobga olinganmi, bir biridan farqi hisobga olinganmi?
Javob: Ozuqalarning kritik uchish tezligi maxsus laboratoriya qurilmasi orqali ularning fraksiyalar bo‘yicha aniqlab olindi va paruslik koeffitsiyentlari ma’lumot sifatida keltirib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |