Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD
Ilmiy Seminar Ilmiy kotibi t.f.f.d. (PhD), X.Fayzullayev
Download 177 Kb.
|
Илмий семинарга Қурбонов Ф баённома 5
Ilmiy Seminar Ilmiy kotibi t.f.f.d. (PhD), X.Fayzullayev:
Hurmatli seminar raisi va azolari! Qurbonov Fazliddin Qulmamatovich to‘g‘risida va bugungi yig‘ilish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha tanishtirib o‘tildi. Ilmiy seminar kotibi izlanuvchi haqida ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi. Rais: Izlanuvchining attestatsiya hujjatlari bo‘yicha savollar bormi? T.f.n., dotsent I.J.Toirov: – Yo‘q (ovozlar – yo‘q). Rais: Dissertatsiya ishining asosiy mazmunini bayon etish uchun so‘z izlanuvchiga beriladi, reglament 20 minut. Tadqiqotchi F.Q.Qurbonov dissertatsiyasining asosiy mazmunini bayon etib berdi. Rais: Ma’ruza tugadi. Kimda qanday savollar bor? Marhamat! t.f.n. prof., O.D.Raximov: 1-savol. Dissertatsiya ishini nima uchun lotin alifbosida rasmiylashtirilmagan yoki bu haqida xabaringiz yo‘qmi? Javob: Dissertatsiya ishi dastlabki kafedra himoyasida ham bu fikrlar bildirilgan edi va shunda krill alifbosi hamma uchun ko‘proq tushunarli bo‘lganligi uchun ham yakuniy himoyaga qadar o‘zgartirishga to‘xtalganligi uchun qoldirilgan edi albatta lotin alifbosiga o‘zgartiriladi. 2-savol. Iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha sizni qurilmangiz ishlaganda bir yilda 1537881,12 so‘m foyda olinyapti, shuni yetarli deb o‘ylaysizmi buni qanday izohlaysiz. Javob: To‘g‘ri ushbu summa kamroqni tashkil etishi mumkin, ammo Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan ZY-150ZS baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasi olib kelish yo‘l sarf xarajatlari yuqori bo‘lganligi uchun unga nisbatan olinganda shunga to‘xtalganmiz hisoblashni qayta ko‘rib chiqaman. 3-savol. O‘rganiladigan parametrlaringizdan bu yerda kurakchalarning o‘rnatish burchagi balandligini oladigan bo‘lsak 1cm, 1,5 cm, 2 cm, 3 cm, 4 cm olinmoqda, bu yerda maqbuli qaysi va qanday aniqladingiz. Javob: Albatta disk ustidagi kurakchalarning o‘rnatish balandligi ustida tajribaviy tadqiqotlar olib borildi, ya’ni bunda 5 ta har - xil balandlikdagi kurakchalarni diskka o‘rnatib tajribaviy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Kurakcha balandligi 1cm, 1,5 cm bo‘lganda granulaning uloqtirilish notekisligi oshganligi kuzatildi, kurakcha balandligi 2 cm bo‘lganda esa granulalarning taqsimlanish notekisligi 20 % dan kam bo‘ldi. Kurakchalar balandligi 3 cm va 4 cm bo‘lganda ham granulalarning taqsimlanish notekisligi 20 % dan kam bo‘lishi kuzatildi. Ammo metall sarfi ortiqcha sarflanmasligi uchun kurakchalar balandligi 2 cm bo‘lishi maqbul deb qabul qilindi. 4-savol. Sizni dissertatsiya ishingizda nazariy tadqiqotingiz tajribaviy tadqiqotlanigizdagi olingan malumotlarni qoniqtiradimi, qayerida qanday bo‘ldi va farqlarini tushuntirib bering. Javob: Nazariy tadqiqotlarda olingan natijalar tajribaviy tadqiqotlar natijalari bilan albatta mos keladi. Masalan, ozuqalarni sochilish notekisligining disk aylanishlar soniga bogliqligini oladigan bo‘lsak, nazariy tadqiqotlarda granulalangan ozuqaning egri sirtli kurakchaga ega disk ustidagi harakati traektoriyasining o‘zgarishini sonli usulda Runge-Kutta Filberg usuli bilan aniqlaganimizda 1508 r/min ni tashkil etgan bo‘lsa, tajribaviy tadqiqotlarda 1500 r/min ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shu kabi natijalar disk diametri, kurakchalar sirti egrilik radiusining o‘zgarish burchagi, ozuqa tarqatish diskining o‘rnatilish balandligi va qolgan parametrlarni aniqlashda ham o‘z aksini topgan va ular 95 foizdan yuqori aniqlikda bir-biriga mos keladi. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling