Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD


Download 177 Kb.
bet14/17
Sana18.06.2023
Hajmi177 Kb.
#1555385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Илмий семинарга Қурбонов Ф баённома 5

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Rais
T.f.d., dotsent. Jo‘rayev F.O. Dissertatsiya ishi bo‘yicha quyidagi fikrlarimni bildirmoqchiman. Dissertatsiya ishini ko‘rib chiqdim va quyida o‘z fikrlarimni bildirmoqchiman, “Baliq yemi tarqatuvchi” №FAP 02110-2022 y foydali modelga patent olingan, lekin rasmiylashtirilishida muallifning familyasi ko‘rsatilmagan, buni ham inobotga olish kerak. Qurilmaning o‘zining samarodorligini oshirish uchun taklif bu albatta uzoqligi 10 metrgacha ozuqani sochib bermoqda ekan bunda 80 % ga yaqin qismi bo‘sh qolmoqda, balki keyingi ishlarida inobatga olar, ushbu qurilmani suzib tarqatuvchi qilib foydalansa maqsadga muvofiq bo‘lib, samarasi bundanda yuqori bo‘lar edi. Dissertatsiya ishining ijobiy tomonlari taqrizchi tomonidan o‘qib eshittirildi. Keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan so‘ng dissertatsiya ishini ixtisoslashgan ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etaman.
Rais: Dissertatsiya ishi bo‘yicha taqrizchilarning fikri ijobiy. Demak, hammada bitta taklif bo‘ldi. Dissertatsiya himoyaga tavsiya etilsin. Shuni Seminar a’zolaridan ovoz berib, tasdiqlab qo‘yishingizni so‘rayman. Qarshilar – yo‘q, betaraflar – yo‘q. Demak, taklif bir ovozdan qabul qilindi.
Endi, Ilmiy seminar bayonnomasida aks ettirilishi zarur bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqsak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining talablari bo‘yicha Ilmiy seminar bayonnomasida dissertatsiya ishining ko‘rsatilgan ixtisoslikka mosligi, ilmiy saviyasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, talabgorlarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya va uning avtoreferatining belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylash-tirilganligi xulosada aks etgan bo‘lishi kerak.
Hurmatli Ilmiy seminar a’zolari, Sizda F.Q.Qurbonovning “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi bo‘yicha seminar xulosasining loyihasi bor. Uni asos qilib olib, loyihaning har bir bandini muhokama qilsak va zarur bo‘lsa tegishli o‘zgartirishlar kiritib borsak bo‘ladimi? (Ovozlar – ha). E’tirozlar yo‘qmi? – Yo‘q. U holda xulosa qismining bandlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling