Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD


Javob: Aynan qaysi adabiyotlar aniq keltirilmagan buni inobatga olaman. 21. Umumiy xulosalarni kamaytirish kerakligi bo‘yicha: Javob


Download 177 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi177 Kb.
#1555385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Илмий семинарга Қурбонов Ф баённома 5

Javob: Aynan qaysi adabiyotlar aniq keltirilmagan buni inobatga olaman.
21. Umumiy xulosalarni kamaytirish kerakligi bo‘yicha:
Javob: Umumiy xulosalar bu yerda quyidagicha tashkil etgan buni ham inobatga olaman.
22. Titul varag‘ini OAK talablari bo‘yicha rasmiylashtirish kerakligi bo‘yicha:
Javob: E’tirozingiz o‘rinli keltirilgan kamchilik bartaraf etildi.
Rais: Yakubbay Karimbayevich javoblardan qoniqdingizmi?
t.f.f.d., (PhD) Ya. K.Jumatov: Ha javoblar qoniqarli.
Erkin tadqiqotchi F.Q.Qurbonovning ilmiy rahbari t.f.d., prof. K. Astanaqulovga so‘z berildi.
K.D.Astanaqulov – Talabgor F.Qurbonov 2020-2023 - yillarda yakka tartibdagi rejasi asosida ish olib bordi. U tomonidan OAK e’tirof etgan jurnallarda va chet el jurnallarida maqola yetarlicha chop ettirilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha foydali modellga guvohnoma olingan. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishiga ilmiy maslahatchi sifatida ijobiy taqriz berganman tadqiqotchining dissertatsiya ishini ilmiy kengashga ko‘rib chiqishga tavsiya qilaman.
Rais: Hurmatli ilmiy seminar qatnashchilari. Mana bugungi dissertatsiya ishi bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, taqrizchilar o‘zlarining fikrlarini aytishdi. Agar boshqa savollar bo‘lmasa, u holda yalpi muhokamaga o‘tamiz. Kim so‘zga chiqmoqchi, marhamat!
Muhokamada so‘zga chiqdilar:
T.f.n., prof. Raximov O.D. Dissertatsiya ishi to‘g‘ri bajarilgan hamda dolzarb hisoblanadi. Ammo shu bilan bir qatorda to‘g‘rilanishi lozim bo‘lgan ish bu dissertatsiyani rasmiylashtirish. Ketma-ketligidagi xatolikni bartaraf etish va dissertatsiya ishini lotin alifbosida yozish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar qismini yoki alifbo yoki havola shaklida aniq keltirilishi kerak deb hisoblayman. Nazariy qismlarni yanada yaxshiroq o‘rganing umuman olganda ushbu dissertatsiya ishi yaxshi bajarilgan va talabga javob beradi, Ilmiy ishni kengashda himoya qilishga tavsiya etaman.
T.f.n., dotsent. Razzakov T. Dissertatsiya ishida keltirib o‘tilgan va e’tirof etilgan kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. Ish nazariy va ilmiy jihatdan asoslangan. Talabgor ma’ruza qilganda - aniqlab oldik emas, aniqladik deyishingiz kerak, qolaversa tanlab oldik deb aytilyapti, bu yerda ham aniqladik deyish lozim. Shunda ma’ruza yanada yaxshi bo‘lgan bo‘lar edi. Dissertatsiya ishini bir ovozdan ma’qullayman va ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etaman.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling