8. Dissertatsiya va avtoreferatni belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligi. Dissertatsiya va uning avtoreferati O‘zR OAK Prezidumining 2017 - yil 31 - maydagi №239/8 qarori bilan tasdiqlangan “Doktorlik dissertatsiyasi va avtoreferatini rasmiylashtirish qoyidalari”ga rioya etilgan holda rasmiylashtirilgan.
Ilmiy seminar qaror qiladi:
1. F.Q.Qurbonovning “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi tugallangan ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanib, bajarilgan tadqiqot ishlari 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi pasportining 9-bandi “O‘simlikshunoslik va chorvachilik uchun qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, ishchi organlari, texnologik jihozlari va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnologik jarayonlari, parametrlari va ish rejimlarini asoslashning ilmiy-texnik yechimlari” ga mos keladi.
2. Dissertatsiya ishi mazmuni va hajmi jihatidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob beradi. Dissertant yetarlicha tayyorgarlik va malakaga ega. Dissertatsiya ishi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengashda 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha himoyaga tavsiya etilsin.
3 Rasmiy opponentlar sifatida texnika fanlari doktori, dotsent Karshiyev Faxriddin Umarovich (05.07.01), texnika fanlari falsafa doktori, (PhD) Yuldashev Azamat Ismoilovich (05.07.01), texnika fanlari falsafa doktori, (PhD) Jumatov Yakubbay Karimbayevichlar (05.07.01), tavsiya etilsin.
4. Yetakchi tashkilot sifatida “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarni sertifikatlash va sinash markazi” tavsiya etilsin.
Ilmiy seminar raisi t.f.d. Z.L.Batirov
Ilmiy seminar kotibi dotsent X.A.Fayzullayev
Do'stlaringiz bilan baham: |