2-savol. So‘z granulalangan ozuqani bir tekis taqsimlab tarqatish bo‘yicha ketmoqda, ularning bir tekisligi qanday ta’minlanadi?
Javob: Ixtiolog olimlarning fikriga ko‘ra ozuqalarning taqsimlanishi ratsionidan kelib 1 m2 da 38-42 grammni tashkil etishi kerak. Shunga asoslanib biz quruq tekis maydonchada 0,25 m2 yuzali qutichalarni ozuqalarning tarqatilish yo‘nalishi bo‘ylab gorizantal va bo‘ylama ko‘rinishda joylashtirib chiqib, keyin ozuqa tarqatish qurilmasi ishchi qismlari parametrlarini ma’lum bir belgilab olingan qiymatlarda o‘zgartirib, ularning ozuqa tarqatish bir xilligini ana shu 0,25 m2 yuzali qutichalarga kelib tushgan ozuqalar miqdorini o‘zaro taqqoslash yo‘li bilan aniqlaganmiz.
3-savol. Sizni ishingizda tekis taqsimlanish diskning aylanishlar soniga bog‘liq bo‘lib qolmoqda yoki boshqa holatlar ham mavjudmi?
Javob: Albatta ozuqaning tekis taqsimlanishi diskning aylanishlar soniga bog‘liq tajribaviy ishlarimda diskni 750 r/min, 1000 r/min, 1250 r/min, 1500 r/min, va 1750 r/min oraliqlarida o‘tkazilib ushbulardan 1500 bo‘lganda eng maqbuli hisoblangan, 1750 r/min bo‘lganda esa granulalangan ozuqaning sinish holatlari oshib borishi kuzatilgan. Bundan tashqari biz granulalarning bir tekis tarqatilishiga ozuqa tarqatish diski diametri, ulardagi kurakchalar soni, kurakchalar balandligi, ularning egrilik burchagi, o‘rnatilish balandligi, ozuqa tarqatish yelkasi uzunligi va boshqa parametrlarning ta’sirini ham o‘rganganmiz.
4-savol. Kurakchaning o‘rnatilish burchagi parabolik shaklda deyapsiz u qanday o‘rnatilgan?
Javob: E’tirozingiz o‘rinli, bu yerda kurakchani disk sirtida joylashishining o‘zgarib borish burchagi deb nomlashimiz kerak va 15 gradus bo‘lganda tekis taqsimlangan holda sochilshi kuzatildi.
5-savol. Diskni suv yuzasiga nisbatan o‘rnatish balandligi ham muhim ahamiyatga ega deb aytildi, masalan qirg‘oqlar har - xil balandlikdan iborat bo‘ladi shunda sizni qurilmangiz buni qanday ta’minlaydi, qurilma qanday rostlanadi?
Javob: Ha albatta bu yerda shamolni tezligi va diskni o‘rnatish balandligi ham ozuqaning tarqatilish notekisligi ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ushbularni inobatga olib tajribalarda diskning suv yuzasiga nisbatan o‘rnatilish balandligi kamida 1,2 m bo‘lsa ozuqaning tarqatilish notekisligi 20 % dan kam bo‘ladi. Ozuqa tarqatish diski bundan baland o‘rnatilganda u ozuqaning bir tekis taqsimlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |