Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD


E’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalarining bayon etilganligi


Download 177 Kb.
bet16/17
Sana18.06.2023
Hajmi177 Kb.
#1555385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Илмий семинарга Қурбонов Ф баённома 5

5. E’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalarining bayon etilganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 21 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan jurnallarda 11 ta maqola, jumladan 9 tasi Respublika, 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining 1 ta Foydali modeliga № FAP 02210-2022 - y patenti olingan.
6. Ilmiy natijalarning joriy etilganligi. Baliqlar uchun ozuqalarni tayorlash va tarqatish texnika vositalarining ilmiy – texnik yechimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik havzalarda parvarishlanayotgan baliqlarga ozuqalarni tarqatadigan parobolik shaklli kurakchalarga ega disk bilan jihozlangan qurilma konstruksiyasiga Intelektual mulk agentligining foydali modeliga patenti olingan («Baliq yemi tarqatuvchi» №FAP 02210-2022 - y.). Natijada granulalangan ozuqalarni baliqlarga kam shikastlab, bir tekis taqsimlab tarqatadigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasi Surxondaryo viloyati Termiz tumani hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 - yil 19 - avgust 07/24-04/5778-son malumotnomasi). Natijada kichik baliqchilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash hamda mehnat sarfi va xarajatlarni sezilarli kamayishiga erishilgan;
baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasini ishlab chiqarishni loyihalashtirish uchun loyiha – konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agpomash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 - yil 19 -avgust 07/24-04/5778-son malumotnomasi). Natijada kichik baliqchilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatishda qo‘llaniladigan yuqori samarali qurilmalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.


7. Talabgorlarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi. Dissertatsiya ishining asosini tashkil etuvchi nazariy va tajribaviy tadqiqotlar bevosita talabgor tomonidan bajarilgan. Tadqiqotchi o‘z dissertatsiyasining mazmuni va mohiyatini biladi, mutaxassislik bo‘yicha asosiy bilimlarni puxta egallagan, tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, ilmiy ma’lumot va materiallarni tahlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar olib borish, tadqiqot natijalarini bayon etish, xulosalarni shakllantirish, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga ega.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling