Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD


Dissertatsiya ishining ixtisoslikka mosligi


Download 177 Kb.
bet15/17
Sana18.06.2023
Hajmi177 Kb.
#1555385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Илмий семинарга Қурбонов Ф баённома 5

1. Dissertatsiya ishining ixtisoslikka mosligi. Dissertatsiya ishi tarkibi va mazmuni jihatidan 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligiga mos keladi. Unda bajarilgan tadqiqot ishlari 05.07.01–“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi pasportining 9-bandi “O‘simlikshunoslik va chorvachilik uchun qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, ishchi organlari, texnologik jihozlari va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnologik jarayonlari, parametrlari va ish rejimlarini asoslashning ilmiy-texnik yechimlari”ga to‘g‘ri keladi.
2. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi. Bajarilgan nazariy va amaliy tadqiqotlarning ilmiy saviyasi, hal etilgan ilmiy-amaliy masalalar texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablar uchun yetarli darajada mos keladi.
3. Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati.Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati granulalangan ozuqalarni suv havzasiga tarqatadigan qurilma ish sifat ko‘rsatkichlarining ishchi qismlar parametrlari va ish rejimlariga bo‘g‘liqligini ifodalovchi mexanik – matematik modellar, analitik va emperik bog‘lanishlar ishlab chiqilganligi va ulardan shunga o‘xshash boshqa turdagi qurilmalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati kichik baliqchilik xo‘jaliklari uchun moslab ishlab chiqilgan ozuqa tarqatkich qurilma qo‘llanilganda granulalangan ozuqalarni kam resurs, energiya va mehnat sarfi bilan suv yuzasiga belgilangan miqdorda bir tekis taqsimlab tarqatilishiga erishilganligi bilan izohlanadi.
4. Tadqiqot natijalarining asoslanganligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi izlanishlarning samarali uslub va o‘lchash vositalaridan foydalanilgan holda o‘tkazilganligi, granulalarni suv yuzasiga kam notekislik bilan tarqatadigan qurilmaning parametrlarini nazariy jihatdan asoslashda oliy matematika va nazariy mexanikaning asosiy qonun va qoyidalariga asoslanganligi, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning o‘zaro adekvatligi, baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasining xo‘jalik sinovlarining ijobiy natijalari va amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling