Javob: O‘zr xatolik bo‘libdi, to‘g‘irlab qo‘yaman.
t.f.d. Chuyanov Dusmurod Shodmonovich
1. Qurilmani qaysi fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazdingiz?
Javob: Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi “Ayritom qadim tepaligi” va “Ayritom nurli dalasi” hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Ashur polvon mo‘jizasi” fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazildi.
2. Qurilma ozuqani bir xilda to‘kadimi yoki porsiyalab to‘kadimi?
Javob: Qurilma ozuqani uzluksiz to‘kadi.
3. 17-taqdimotda tarqatiladigan massa miqdori kg/m da berilgan shuni kg/bosh deb berilsa bo‘lmaydimi?
Javob: Xo‘p buni ustozlar bilan fikrlashib ko‘raman.
t.f.n. Razzoqov To‘ra
1. Qurilmangizga patent olganmisiz?
Javob: Ha patentga talabnoma topshirilgan va ijobiy qaror olingan, yaqin kunlarda chiqib qoladi.
2. O‘rganilgan uch xil ozuqani aralashtirib berilsa va boshqa dag‘al ozuqalarni ham tarqatadimi?
Javob: Ha tarqatadi.
t.f.n. Xasanov Ibrohim Subxonovich
1. Tadqiqotning maqsadida “Mol” so‘zi bilan boshlanayapti shuni “Chorva mollari” deb yozilsa yaxshi bo‘lardi.
Javob: Albatta to‘g‘irlab qo‘yaman.
2. Tadqiq etilayotgan parametrlarni chizmada ko‘rsatsangiz yaxshi bo‘lar edi.
Javob: Xo‘p buni to‘g‘irlab qo‘yaman.
3. 3 va 5-taqdimotlardagi ma’lumotlarni o‘zingiz o‘rgandingizmi yoki boshqa bir joydan oldingizmi?
Javob: Bu ma’lumotlarning barchasini o‘zim tajribalar o‘tkazib aniqlaganman.
4. 5-taqdimotdagi ozuqaning to‘planish koefitsenti 1/s nimani bildiradi?
Javob: Bu yerda bitta kurakcha tomonidan ozuqa surib ketilgandan so‘ng vaqt birligi ichida ikkinchi kurakcha kelguncha to‘planadigan ozuqa miqdorini hisobga oladigan koeffitsient keltirilgan.
5. 10-taqdimotdagi “dag‘al ozuqalarning tarqatish qurilmasi” jumlasini mavzuga moslasa yaxshi bular edi.
t.f.f.d. Qodirov Uchqun Ilxomovich
1. Xo‘jalik sinovlari o‘tkazilgan fermer xo‘jaliklarining barchasi “Qurilmada IYoD dan foydalanilsa yaxshi bo‘lar edi” deb tavsiya bergan shunday qilsa bo‘lmasmidi?
Javob: Ha, albatta shunday qilsa bo‘lar edi, lekin qurilmaning tannarxi oshib ketishi va ortiqcha shovqin bo‘lishini hisobga olib bunday variantdan voz kechganman, kelgusidagi ishlarimda hisobga olaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |