Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD


t.f.d. Batirov Zafar Lutfullaevich


Download 142.83 Kb.
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi142.83 Kb.
#1536148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Семинар баённомаси LOTIN Худайназаров Д 07 05 2023

t.f.d. Batirov Zafar Lutfullaevich
1. 13-taqdimotda “kurakchalar va bunker orasidagi tarqish” nima uchun 9 sm bo‘lganda kamayib ketayapti?
Javob: Kurakchalar va bunker orasidagi tirqish qanchalik kichik bo‘lsa ozuqaning tiqilib qolishi yoki kurakchalar va bunker orasidagi tirqish qanchalik katta bo‘lsa ozuqalar bunker devori sirtida qolib ketib to‘kilish miqdori kam bo‘lishi kuzatildi.
2. Kurakchalar sonini nima uchun 2 ta oldingiz?
Javob: Tajribalarda kurakchalar soni 1 tadan 4 tagacha o‘zgartirib o‘rganganimizda bir bosh qoramolga beriladigan 2-5 kg atrofida dag‘al ozuqalar miqdori kurakchalar sonini 2 ta bo‘lganda ta’minlandi. Shu sababli kurakchalar sonini 2 ta oldik.
3. Nima uchun harakatni g‘ildirakdan olmagansiz?
Javob: Qurilmaning harakati g‘ildiraklardan olinadi, bundan tashqari agar sharoit bo‘lsa elektrodvigatel ham qo‘yish mumkin.
Rais: Izlanuvchiga yana savollar bormi? Boshqa savol yo‘qmi? Yetarlimi?
Zalda ovozlar: Yetarli.
Rais: Agarda boshqa savollar bo‘lmasa, dissertatsiya ishining rasmiy muhokamasiga o‘tamiz.
Dastlab so‘zni taqrizchilarga berib, ularning dissertatsiya ishi bo‘yicha fikrlarini eshitsak. So‘z birinchi taqrizchi t.f.n. dotsent E.U.Eshdavlatovga.
T.f.n. dotsent E.U.Eshdavlatov: Hurmatli Ilmiy seminar raisi, a’zolari va qatnashchilar. Men Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovichning avtoreferati va dissertatsiyasi ishini ko‘rib chiqib, ish bo‘yicha o‘z ijobiy taqrizimni yozma ravishda rasmiylashtirib, Ilmiy seminarga topshirganman. Ruxsat bersangiz taqrizimni o‘qib bersam.
Shundan so‘ng t.f.n., dotsent E.U.Eshdavlatov o‘zining taqrizini o‘qib berdi va taqrizda dissertatsiya ishining ko‘rsatilgan ixtisoslikka mosligi, ilmiy saviyasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, izlanuvchilarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligi hamda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va ularni tuzatish bo‘yicha o‘z takliflari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi (Taqriz ilova qilinadi).
Rais: Mana birinchi taqrizchini ish bo‘yicha ijobiy taqrizi eshitildi. Taqrizda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va uni tuzatish bo‘yicha takliflar ham bildirildi. Shu sababli ularga javob berish uchun so‘z tadqiqotchi D.X.Xudaynazarovga beriladi.
D.X.Xudaynazarov: Avvalom bor, mening dissertatsiyamni va avtoreferatimni diqqat bilan o‘qib chiqib, tahlil qilib berganlari va takliflari uchun t.f.n., dotsent Eshdavlatov Eshpo‘lat Uzoqovichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Taqrizchi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarga o‘z fikr-mulohazalarimni bildirmoqchiman.
1. Dissertatsiya mavzusi “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” dagi “qurilmasini ishlab chiqarish va parametrlarini” o‘rniga “qurilmasining parametr va ish rejimlarini” so‘zlari bilan almashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Javob: Dissertatsiya mavzusi “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” dagi “qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini” o‘rniga “qurilmasining parametr va ish rejimlarini” so‘zlari bilan almashtirildi.
2. 6-bet. Kirish. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yangi taraqqiyot strategiyasidan(2022-2026 yillarga o‘ljallangan) ma’lumot keltirilgan, lekin adabiyotlar ro‘yxatida bu haqida manba keltirilmagan.
Javob: 6-bet. Kirish. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yangi taraqqiyot strategiyasi adabiyotlar ro‘yhatiga ham kiritib qo‘yildi.
3. 9-bet. Tadqiqotning amaliy natijalarida keltirilgan 2-band (ishlab chiqilgan ozuqa tarqatkich kichik chorvachilik xo‘jaliklarida qo‘llanilganda dag‘al ozuqalarni kam sarf xarajatlar ozuqalarni mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish hisobiga mehnat sarfi va foydalanishdagi xarajatlarni kamayishi aniqlangan) ni tushunib bo‘lmaydi.
Javob: 9-bet. Tadqiqotning amaliy natijalarida keltirilgan 2-band (ishlab chiqilgan ozuqa tarqatkich kichik chorvachilik xo‘jaliklarida qo‘llanilganda dag‘al ozuqalarni kam sarf xarajatlar ozuqalarni mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish hisobiga mehnat sarfi va foydalanishdagi xarajatlarni kamayishi aniqlangan) degan jumla tug‘irlandi.
4. 26-bet. 1.2-jadvaldagi va belgilanishlar nimani bildirishi xaqida ma’lumot yo‘qligi jadvalni tushinishda qiyinchilik to‘g‘diradi.
Javob: 26-bet. 1.2-jadvaldagi va belgilanishlar ozuqa tarqatgichlarning sifatini bildiradi.
5. 47-bet. birinchi bob bo‘yicha xulosalarning 2-bandidagi “ozuqani maydalash-aralashtirish va ozuqa tayyorlash” so‘zlari shart emas.
Javob: 47-bet. birinchi bob bo‘yicha xulosalarning 2-bandidagi “ozuqani maydalash-aralashtirish va ozuqa tayyorlash” so‘zlari olib tashlandi.
6. 54-55-betlar. 2.4 va 2.5-jadvallarda Ozuqa ekinlarining poyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Xuddi shuningdek matnda ham somon, beda va makkajo‘xori poyalari to‘g‘risida gap yuritilgan, ya’ni mavzuga mos kelmaydi.
Javob: 54-55-betlar. 2.4 va 2.5-jadvallarda Ozuqa ekinlarining poyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Xuddi shuningdek matnda xam somon, beda va makkajo‘xori poyalari to‘g‘risida gap yuritilgan, ya’ni “poyalari” so‘zi “maydalangan” so‘zi bilan almashtirildi.
7. 59-bet. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosada faqat ozuqalarning aniqlangan fizik-mexanik xususiyatlari natijalari keltirilgan. Lekin, bu ko‘rsatgichlarni aniqlash maqsadi va kelgusi tadqiqotlarda e’tiborga olinadigan xususiyatlari xaqida ma’lumot berilganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Javob: 59-bet. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar taqrizchi ko‘rsatgan kamchiliklar bo‘yicha to‘g‘irlandi.
8. 86-bet.Pastdan uchinchi xatboshi bilan boshlangan jumlada keltirilgan “to‘kish darchasining qiyaligi, 35O kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 8 sm, kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 20 mm” fikrlarda chalkashliklar mavjud.
Javob: 86-bet. Pastdan uchinchi xatboshi bilan boshlangan jumlada keltirilgan “to‘kish darchasining qiyaligi, 35O kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 8 sm, kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 20 mm” fikrlarda chalkashliklar mavjud bo‘lib “kurakchalar va bunker tubi orasidagi tirqish 8 sm” deb o‘zgartirildi.
9. 86-bet. Pastdan ikkinchi xatboshi bilan boshlangan (Ozuqa tarqatgich qurilmada dastlab maydalangan makkajo‘xori poyalari, so‘ngra esa beda va somon poyalari tarqatildi) jumlasining mohiyati tushunarli emas.
Javob: 86-bet. Pastdan ikkinchi xatboshi bilan boshlangan (Ozuqa tarqatgich qurilmada dastlab maydalangan makkajo‘xori poyalari, so‘ngra esa beda va somon poyalari tarqatildi) degan jumla olib tashlandi.
10. 87-bet. Birinchi xatboshida keltirilgan jumlada noaniqliklar mavjud(to‘kish darchasining eni 40 cm, to‘kish darchasining balandligi 30 cm, to‘kish darchasining qiyaligi 35O, kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 8 sm, kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 20 mm).
Javob: 87-bet. Birinchi xatboshida keltirilgan jumlada noaniqliklar mavjud bo‘lib (to‘kish darchasining eni 40 cm, to‘kish darchasining balandligi 30 cm, to‘kish darchasining qiyaligi 35O, kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 8 sm, kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 20 mm) ular “kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish 8 sm” degan jumla “kurakchalar va bunker tubi orasidagi tirqish 8 sm” deb o‘zgartirildi.
11. 98-bet. Kurakchalar ish sirtining eni degan atamaga aniqlik kiritish kerak. Kurakchalar ish sirti eni rotorning radiuslari orqali ifodalansa maqsadga muvofiqdir.
Javob: 98-bet. “Kurakchalar ish sirtining eni” degan jumla “Kurakchalar ish sirtining balandligi” deb o‘zgartirildi.
12. 100-bet. To‘kish novining qiyaligini 0O bo‘lganda to‘kilgan ozuqaning o‘rtacha miqdori 2,607 kg/m, 15O bo‘lganda o‘rtacha 3,304 kg/m, 30O bo‘lganda o‘rtacha 3,736 kg/m, 45O bo‘lganda o‘rtacha 3,252 kg/m gacha o‘zgarishi bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar shubha o‘yg‘otadi. Balki nov qiyalik burchagining, ozuqani oxurga to‘liq tushishiga ta’sirini o‘rganish zarur edi
Javob: 100-betdagi tajriba jumlasida xatolik ketgan bo‘lib “To‘kish novining qiyaligi” emas “kurakchalar uchining qiyalik burchagi” deb o‘zgartirildi.
Yana bir bor, t.f.n., dotsent Eshdavlatov Eshpo‘lat Uzoqovichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, rahmat.

Download 142.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling