8. Dissertatsiya va avtoreferatni belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligi. Dissertatsiya va uning avtoreferati O‘zR OAK Prezidumining 2017 yil 31 maydagi №239/8 qarori bilan tasdiqlangan “Doktorlik dissertatsiyasi va avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari”ga rioya etilgan holda rasmiylashtirilgan.
Ilmiy seminar qaror qiladi:
1. D.X.Xudaynazarovning “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasining parametr va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi tugallangan ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanib, bajarilgan tadqiqot ishlari 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi pasportining 9-bandi “O‘simlikshunoslik va chorvachilik uchun qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, ishchi organlari, texnologik jihozlari va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnologik jarayonlari, parametrlari va ish rejimlarini asoslashning ilmiy-texnik yechimlari” ga mos keladi.
2. Mavzu “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasining parametr va ish rejimlarini asoslash” ni “Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun takomillashgan ozuqalarni tarqatish qurilmasini parametr va ish rejimlarini asoslash” ko‘rinishida tahrirlash tavsiya etilsin.
3. Dissertatsiya ishi mazmuni va hajmi jihatidan texnika fanlari falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob beradi. Dissertant yetarlicha tayyorgarlik va malakaga ega. Dissertatsiya ishi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy Kengashda 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha himoyaga tavsiya etilsin.
4. Rasmiy opponentlar sifatida texnika fanlari doktori, professor Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich (05.07.01), texnika fanlari doktori, dotsent Ravshanov Hamroqul Amirqulovich (05.07.01) va texnika fanlari nomzodi, dotsent Eshdavlatov Eshpo‘lat Uzoqovich (05.07.01) tavsiya etilsin.
5. Yetakchi tashkilot sifatida «BMKB-Agromash» AJ da tavsiya etilsin.
Ilmiy seminar raisi t.f.d. Z.L.Batirov
Ilmiy seminar kotibi t.f.f.d. (PhD) A.Fayzullaev
Do'stlaringiz bilan baham: |