1. Dissertatsiya ishining ixtisoslikka mosligi. Dissertatsiya ishi tarkibi va mazmuni jihatidan 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligiga mos keladi. Unda bajarilgan tadqiqot ishlari
05.07.01–“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi pasportining
9-bandi “O‘simlikshunoslik va chorvachilik uchun qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, ishchi organlari, texnologik jihozlari va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnologik jarayonlari, parametrlari va ish rejimlarini asoslashning ilmiy-texnik yechimlari”ga to‘g‘ri keladi.
2. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi. Bajarilgan nazariy va amaliy tadqiqotlarning ilmiy saviyasi, hal etilgan ilmiy-amaliy masalalar texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablar uchun yetarli darajada mos keladi.
3. Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dag‘al ozuqlarni tarqatish qurilmalari hamda ozuqa tarqatkich ish sifat ko‘rsatkichlarining ishchi qismlar parametrlari va ish rejimlariga bog‘liqligini ifodalovchi mexanik-matematik modellar, analitik va empirik bog‘lanishlar ishlab chiqilganligi va ulardan shunga o‘xshash boshqa turdagi qurilmalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun moslab ishlab chiqilgan dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmalari va ozuqa tarqatish jarayonlarini kam material, energiya va mehnat sarfi bilan bajarishi hisobiga foydalanishdagi sarf-xarajatlar hamda mehnat sarfini kamayishiga erishilganligi bilan izohlanadi.
4. Tadqiqot natijalarining asoslanganligi. Izlanishlarning zamonaviy va samarali uslub vositalaridan foydalangan holda o‘tkazilganligi, qurilmaning parametrlari va ish rejimlarini nazariy jihatdan asoslash, nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarining o‘zaro adekvatligi, ishlab chiqilgan qurilma sinovlarining ijobiy natijalari va amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |