Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD


Rais: Eshpo‘lat Uzoqovich izlanuvchining javoblaridan qoniqdingizmi? T.f.n


Download 142.83 Kb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi142.83 Kb.
#1536148
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Семинар баённомаси LOTIN Худайназаров Д 07 05 2023

Rais: Eshpo‘lat Uzoqovich izlanuvchining javoblaridan qoniqdingizmi?
T.f.n., dotsent E.U.Eshdavlatov: Ha javoblari qoniqtirdi.
Rais: Birinchi taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklarga bergan javoblari bo‘yicha izlanuvchiga savollar bormi? Savollar bo‘lmasa so‘z ikkinchi taqrizchi t.f.d. professor Imomqulov Qutbiddin Boqijonovichga beriladi.
T.f.d. professor Q.B.Imomqulov: Hurmatli Ilmiy seminar raisi, a’zolari va qatnashchilar. Men Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovichning “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasini parametr va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini ko‘rib chiqib, ish bo‘yicha o‘z ijobiy taqrizimni yozma ravishda rasmiylashtirib, Ilmiy seminarga topshirganman. Ruxsat bersangiz taqrizimni o‘qib bersam.
Shundan so‘ng t.f.d., professor Q.B.Imomqulov o‘zining taqrizini o‘qib berdi va taqrizda dissertatsiya ishining ko‘rsatilgan ixtisoslikka mosligi, ilmiy saviyasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, izlanuvchilarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligi hamda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va ularni tuzatish bo‘yicha o‘z takliflari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi (Taqriz ilova qilinadi).
Rais: Mana ikkinchi taqrizchini ish bo‘yicha ijobiy taqrizi eshitildi. Taqrizda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va uni tuzatish bo‘yicha takliflar ham bildirildi. Shu sababli ularga javob berish uchun so‘z tadqiqotchi D.X.Xudaynazarovga beriladi.
D.X.Xudaynazarov: Avvalom bor, mening dissertatsiyamni va avtoreferatimni diqqat bilan o‘qib chiqib, tahlil qilib berganlari va takliflari uchun t.f.d., professor Q.B.Imomqulovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Taqrizchi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarga o‘z fikr-mulohazalarimni bildirmoqchiman.

  1. Kirish qismi tadqiqot vazifalarida “kichik o‘lchamli tarqatgich” jumlasi va boshqa matnlarda “kichik ozuqa tarqatish qurilmasi” jumlalaridan foydalanilgan. Mavzuga mos qurilma so‘zi bo‘lishi lozim.

Javob: Kirish qismi tadqiqot vazifalaridagi “kichik o‘lchamli tarqatgich” jumlasi va boshqa matnlarda “kichik ozuqa tarqatish qurilmasi” jumlari bir xil qilib almashtirildi .

  1. 8, 9, 10 betlarda ozuqa tarqatish qurilmalari emas, qurilmasi bo‘lishi lozim.

Javob: 8, 9, 10 betlarda ozuqa tarqatish qurilmalari emas, qurilmasi qilib tug‘irlandi.

  1. Tadqiqotning ilmiy yangiligida ozuqalarni tarqatish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan deyilsa ma’qul bo‘lar edi va ilmiy yangilik kam yozilgan.

Javob: Tadqiqotning ilmiy yangiligida “ozuqalarni tarqatish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan” deb yozildi va ilmiy yangilik qushildi.

  1. 31 va 32 adabiyotlar xavolalariga betlari keltirilmagan. 34 xavola ham. Barcha adabiyotlarni ko‘rib chiqish lozim.

Javob: 31, 32 va 34 adabiyotlar xavolalariga betlar quyildi va boshqa adabiyotlar ham ko‘rib chiqildi.

  1. 1.4. tadqiqot maqsadi va vazifalari (45-bet) paragrafda tadqiqot maqsadi berilmagan hamda vazifalari qirish qismidagi vazifalardan farq qiladi.

Javob: 1.4. paragrafda tadqiqot maqsadi va vazifalari hamda kirish qismidagi vazifalar to‘g‘irlandi.

  1. 1-bob qismi barchasi va keyingi bob qismlarining ayrimlarida paragraf belgilari § qo‘yilmagan.

Javob: Barcha bob qismilariga paragraf belgilari § qo‘yildi.

  1. 53-betda maydalangan dag‘al ozuqalarning tabiiy uyumlanish burchaklarini aniqlash bo‘yicha tajriba natijalari keltirilgan. 2.5-jadvalda sochiluvchanlik burchagi berilgan. Ular bir -biridan farq qiladi.

Javob: 53-betdagi 2.5-jadvalda “sochiluvchanlik burchagi” so‘zi “tabiiy uyumlanish burchagi” so‘zi bilan almashtirildi.

  1. Nazariy tadqiqotlarda kurakcha uchki qismining qiyalik burchagi 20º bo‘lishi aniqlangan. Tajribalarda bu burchakni aniqlashda turli burchaklardagi tayyorlangan kurakchalarni keltirish lozim edi.

Javob: Tajribalardagi kurakcha uchki qismining qiyalik burchagini aniqlashda turli burchaklarda tayyorlangan kurakchalarni to‘g‘irlab qo‘yaman.

  1. Tajribalarda qurilmaning laboratoriya - tajriba nusxasi tayyorlandi deb 4.1-rasmda keltirilgan qurilma tajriba - sinov nusxasi ham bir xil rasmda berilgan.

Javob: Qurilmaning tajriba - sinov nusxasiga boshqa rasm qo‘yildi.

  1. V- bobda qurilmaning tajriba – sinov nusxasining ish jarayonidagi rasmi keltirilishi lozim edi.

Javob: V- bobda qurilma tajriba – sinov nusxasining ish jarayonidagi rasmi qo‘yildi.

  1. 5.1 – jadvaldagi qurilmaning texnik tavsifida kurakcha uchining qiyalik burchagi berilmagan.

Javob: 5.1 – jadvaldagi qurilmaning texnik tavsifida kurakcha uchki qismining qiyalik burchagi kiritib qo‘yildi.

  1. O‘tkazilgan bir omilli tajribalar asosida qurilmaning maqbul parametrlarini aniqlash uchun ko‘p omilli tajribalar o‘tkazilmagan.

Javob: O‘tkazilgan bir omilli tajribalar asosida qurilma parametrlarining talab darajasida ozuqa tarqatishini ta’minlaydigan qiymatlarini aniqlashimiz uchun ko‘p omilli tajribalarni o‘tkazmadik.

  1. 5.3 – jadvalda dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasi RMM-F-6 ozuqa tarqatgich bilan solishtirilgan unda ularning elektr energiyasi sarfi keltirilgan. RMM-F-6 mashinasi traktor bilan agregatlanib ishlatiladi. Bunda elektr energiya bilan qanday solishtirib bo‘ladi.

Javob: 5.3 – jadvalda dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasi RMM-F-6 ozuqa tarqatgich bilan solishtirilgan unda ularning soatiga qancha tonna chiqarishini ishlatgan yoqilg‘i sarfi va elektr energiyasi sarfini so‘mda hisoblab taqqoslangan.

  1. Dissertatsiyada ko‘plab orfografik xatoliklar mavjud.

Javob: Dissertatsiyadagi orfografik xatoliklar bartaraf etildi.

  1. Seminar uchun tayrlangan dissertatsiya avtoreferati kirish qismi va dissertatsiya kirish qismida ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatish lozim.

Javob: Seminar uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati kirish qismida ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘irlab qo‘yaman.
Yana bir bor, taqrizchi t.f.d. professor Imomqulov Qutbiddin Boqijonovichga yuqoridagi qimmatli tavsiya va takliflari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, rahmat.

Download 142.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling