5. E’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalarining bayon etilganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan jurnallarda 3 ta maqola, jumladan 2 tasi respublika, 1 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 1 ta foydali modelga patent olingan.
6. Ilmiy natijalarning joriy etilganligi. Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tayyorlash va tarqatish texnika vositacining ilmiy-texnik yechimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmalari hamda ozuqa tarkatkichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 oktabrdagi № 07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik xo‘jaliklar uchun mos bo‘lgan energiya va resurstejamkor ozuqa tarqatkich qurilmasini yaratishga erishilgan;
kichik hajmli ozuqa tarqatish qurilmasi Qashqadaryo viloyati Ko‘k dala tumani hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 oktabrdagi № 07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,7 martagacha kamayishiga erishilgan;
dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 oktabrdagi № 07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa tarqatishda qo‘llaniladigan yuqori samarali qurilmalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.
7. Talabgorlarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi. Dissertatsiya ishining asosini tashkil etuvchi nazariy va tajribaviy tadqiqotlar bevosita talabgor tomonidan bajarilgan. Tadqiqotchi o‘z dissertatsiyasining mazmuni va mohiyatini biladi, mutaxassislik bo‘yicha asosiy bilimlarni puxta egallagan, tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, ilmiy ma’lumot va materiallarni tahlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar olib borish, tadqiqot natijalarini bayon etish, xulosalarni shakllantirish, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |