Javob: Ozuqalarning fraksiyalarini 30 mm va 50 mm li g‘alvirlardan o‘tkazish orqali aniqlandi.
7. Qurilma bunkerining sig‘imi qancha?
Javob: Qurilma dag‘al ozuqalarni 15-20 bosh qoramolga mo‘ljallangan bo‘lib, bunkerining hajmi 1 m3.
8. Sizda optimallashtirish mezoni nima? Qanday omillarni oldingiz? Qaysi parametrlarni asosladingiz? Qaysi ish rejimlarini asosladingiz? EHM va optimallashtirish programmasi qani? Qaysi faktorlarni oldingiz?
Javob: Bizda baholash mezoni sifatida OST. bo‘yicha 1 pog/m. ga to‘kilgan ozuqalar miqdori olingan. Omillar sifatida Nk – kurakchalar soni; nr – kurakchalar rotorining aylanishlar soni; bk – kurakchalarning ish sirti balandligi; lb – kurakchalarning bunker tubiga nisbatan o‘rnatilish balandligi; lt– kurakchalar va bunker devori orasidagi tirqish; bd – to‘kish darchasining eni; hb – to‘kish darchasining balandligi; α – to‘kish novining qiyaligi; Le– yerdan to‘kish novigacha bo‘lgan balandliklari olingan va ularning ratsional qiymatlarini esa bir omilli tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan navbatma-navbat aniqlanib borildi.
t.f.n. Toirov Ilxom Jo‘raevich
1. Ozuqa tarqatgich har xil tezlikda yurganda siz aniqlagan parametrlar o‘zgarib qolmaydimi?
Javob: Yo‘q o‘zgarmaydi, chunki harakatni g‘ildiraklardan olganligi uchun qurilmaning harakat tezligiga va kurakchalar aylanish tezligining sinxironligi ta’minlanadi.
2. 6-taqdimotda ozuqa bo‘lagi qanday qilib kurakchaning qiya qismiga tushadi?
Javob: Ozuqa bo‘lagi kurakcha sirti bo‘ylab harakatlanib markazdan qochma kuch ta’sirida kurakchaning qiya qismiga kelib tushadi va kurakcha ta’sirida to‘kish darchasi orqali to‘kiladi.
3. 1 pog/m. da nechta qoramol bor? Bir bosh molga necha kg ozuqa beriladi? Shu kerakli ozuqa to‘kilishi uchun aylanishlar soni va yurish tezligi qancha bo‘lishi kerak?
Javob: 1 pog/m. da bir bosh qoramol bo‘lib, har bir bosh qoramolga ratsional bo‘yicha bir marttalik ozuqa miqdori 2-3 kg somon, 5-6 kg beda yoki makkajo‘xori berilishi kerak. Bu miqdorni ta’minlash uchun rotorning aylanishlar soni 50 r/min va yurish tezligi 0,4-0,5 m/sek bo‘lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |