Tasdiqlayman” sh. Sharipov
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Download 0.71 Mb.
|
Harbiy tayyorgarlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv fanining maqsad va vazifalari Harbiy tayyorgarlik fannining maqsadi
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mazkur fan dasturi: 5111500 “Chaqiriqqacha harbiy ta`lim” yo’nalishi bakalavrlari uchun mo’ljallangan bo’lib, harbiy tayyorgarlik talabalarni bo’lajak komandirlar bo’lib etishi uchun dala o’quvi asosi sanaladi. Harbiy tayyorgarlik harbiy fanlar tarkibida etakchisi sanaladi. Harbiy tayyorgarlik o’rganishda talabalarga motoo’qchi bo’linmalarni boshqarishga, qurol va jangovar texnika bilan bo’linmani joylikda boshqarishga hamda dushman tomonidan OQQ qo’llaganda himoyalanishni tashkil qilishdan iborat. O‘quv fanining maqsad va vazifalari Harbiy tayyorgarlik fannining maqsadi – talabalarga zamonaviy umumqo’shin jangida va noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi maxsus qo’shin xarakatlarida harbiy bo’linmalarni boshqara oladigan va buning uchun etarli malaka va ko’nikmalarga ega bo’lgan zaxiradagi ofitser kadrlarni tayyorlash tushuncha berish. Ush bu fanning vazifalari: - talabalarga motoo’qchi guruhning jangini tashkil qilishi va uni jang davomida boshqara olishi; - bo’linmaning qurol – yarog’i va jangovar texnikasidan unumli foydalana olishi; - zamonaviy umumqo’shin jangining asoslarini, motoo’qchi bo’linmalar va ular bilan hamkorlik qiladigan qo’shin turlari va maxsus qo’shinlar bo’linmalarining tarkibi, qurollanishi, jangovar imkoniyatlari va jang olib borish taktikasini bilishidan iborat. Bakalavr: Qurolli Kuchlarni boshqarish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi hukumati faoliyatining asosiy yo’nalishlari; zamonaviy umumqo’shin jangida motoo’qchi bo’linmalarni tatbiq qilishning nazariyasi va amaliyoti; O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismlaridagi tarbiyaviy ish metodikasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi; zamonaviy umumqo’shin jangi asoslari, motoo’qchi guruhi, vzvodi, bilan jangni tashkil qilish va olib borish; tashkiliy–shtat tuzilmasi, motoo’qchi, berilgan bo’linmalarning qo’llab-quvvatlovchi jangovor imkoniyatlari, jangni qo’llash tartibi va usullari; ommaviy qirg’in qurollaridan himoya qilishni tashkil etish asoslari; taktik-saf, taktik, instruktorlik-metodik mashg’ulotlarni tashkil qilish va olib borish metodikasi; o’rganiladigan qurollanish namunalarining jangovor imkoniyati va tuzilishi; jangovor mashinalar, o’q otish quroli va granatamyotlardan o’q otish asoslari, usullari va qoidalari; motoo’qchi bo’linmalari qurollarini ishlatish, saqlash va asrash qoidalari; bo’linma qurollanishini jangda tatbiq qilishga tayyorlash, unga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qilish va olib borish; guruh o’t ochishini mohirona boshqarish: o’q otish quroli va bronetransporter qurollanish majmuasi jangovor imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish; joy, ob-havo, ko’rinish darajasining turli sharoitlarida bronetransporterni boshqarish usullari va haydash qoidalari; taktik tayyorgarlik bo’yicha me`yorlarni bajarish qoidalari va xavfsizlik choralariga rioya qilishni bilishi; joylarning turlari va taktik xususiyatlari hamda ularning qo’shinlar jangovor harakatlariga ta`siri; topografik xaritalar vazifasi va mazmuni; topografik xaritalarni o’qish va ular bo’yicha o’lchovlarni bajarish, ob`ektlar koordinatlarini aniqlash; komandir ishchi xaritasini yuritish; O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining qonuniy asosi va ularning talablari; qurol va qurolsiz joyda hamda harakatlanishda saf usullarini dadil bajarish, harbiycha salom berish, safga turish va safdan chiqish, boshliq oldiga kelish va ketish; vzvod shaxsiy tarkibi bilan saf tayyorgarligi bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va metodik jihatdan to’g’ri olib borish; harbiy xizmatchilar individual tibbiy jihozlarining maqsadi va qo’llash tartibi; harbiy xizmatchilar individual tibbiy jihozlarini qo’llagan holda yaralanganda va shikastlanishlarda o’ziga hamda o’zaro yordam ko’rsatishni ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; motoo’qchi guruhi jangini tashkil qilish va jangda uni boshqarish; individual va kompleks himoya sistemalari, radiatsion va kimyoviy qidiruv asboblaridan amaliy foydalanish; «Me`yorlar to’plami» va «Oliy ta`lim muassasasi talabalari tarkibidan rezervdagi va zahiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturi»da ko’zda tutilgan taktik, o’t ochish va texnik tayyorgarlik bo’yicha belgilangan me`yorlarni bajarish; bo’linmalarning jangovor tartibga solinishida shaxsiy tarkib bilan taktik, o’t ochish va texnik tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish hamda metodik jihatdan to’g’ri o’tkazish; ichki xizmatni olib borishda, bo’linmalar shaxsiy tarkibining hayoti va turmushini tashkil qilishda umumharbiy nizomlar qoidalarini aniq bajarish va to’g’ri tatbiq qilish; guruh, vzvodlarni piyoda va mashinalardagi saflarini to’g’ri tashkil qilish, ularni dadil boshqarish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling