“Tasdiqlayman” Toshkent tibbiyot akademiyasi o„quv ishlari bo„yicha prorektori professor Boymurodov sh. A. “ ” 2019


Tiazidli va tiazidsimon diuretiklar (Na


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana03.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1741883
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
лотин диуретик

Tiazidli va tiazidsimon diuretiklar (Na
+
/Cl
-
 -

kotransporti ingibitorlari) 
Gidroxlortiazid, xlortalidon, metolazon, ksipamid, indapamid – tarkibida 
sulfonamid guruhini saqlaydi.
Gipotiazid. Chiqarilish shakli: tabletkasi 25mg, 50mg, 100mgli. Buyurilishi: 
enteral, ertalab, och qoringa 
Ta’sir mexanizmi
Tiazidli va tiazidsimon diuretiklar Genli qovuzlog„ining kortikal bo„lagi va distal 
kanalchaning boshlang„ich qismlardagi Na
+
/Cl
-
transporterini bloklash orqali 
natriy va xlor ionlarining reabsorbsiyasini kamaytiradi. 


23 
Rasm 6. Distal kanalchada natriy xlorning reabsorbsiyasi. 
Ionlar ekskretsiyasiga ta’siri: Tiazidli va tiazidsimon diuretiklarning diuretik 
ta‟siri o„rta kuchli, chunki filtratsiyalangan natriyning 90%i distal kanalchalarga 
kelguncha rearbsorbsiyalanib bo„ladi. Kaliy va vodorod ionlarining ekskretsiyasi 
ham oshadi. Tiazidli va tiazidsimon diuretiklarni uzoq muddat qo„llash davomida 
paratgormon sezuvchanligining oshishi tufayli kalsiy ekskretsiyasi susayadi. 
Tiazidli va tiazidsimon diuretiklar buyrakda qon aylanishi va filtratsiya tezligiga 
ta‟sir ko„rsatmaydi. Uzoq muddat qo„llanilganda indapamid qon tomirlarining 
noradrenalin va angiotenzin IIga nisbatan sezgirligini pasaytiradi, bu tomirlar 
silliq mushaklarda natriyning miqdorini kamaytirishi va prostaglandinlar sintezini 
stimullashi bilan bog„liq. Natijada periferik qon tomirlarning umumiy qarshiligi 
kamayadi.
Buyrak ichi asosiy funksional ko‘rsatkichlarga ta’siri
Tiazidli va tiazidsimon diuretiklar buyrak qon aylanishi va KFT ga sezilarli ta‟sir 
qilmaydi. Zich dog„ hujayralariga ta‟sir qiladi. Kanalcha-koptokchali qayta 
bog„lanishga ta‟sir qilmaydi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling