Tasdiqlayman
Download 179.93 Kb.
|
3. Majmua. Onomastika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kattaqo‘rg‘on
Boshcho‘rash - Payriq tumanidagi qishloq. Zarafshon vodiysidagi o‘zbek qipchoqlarning bir urug‘i cho‘rash deb atalgan. Etnonim oykonimga o‘tgan. Lotin: Boshcho’rash (40).
Jabi – Jomboy tumanidagi qishloq. Jabi yobu – yobi – yabu – yabo shaklida qo‘llaniladi. Jabi (yobi) o‘zbek millati tarkibiga kirgan qadimiy elat, qabila. Ular Zarafshon vodiysida yashaganlar. Paxtachi tumanidagi Niyoz jobi, Eshmat jobi nomlari ham shu o‘zakdan. Lotin: Jabi (70) kabilar. 2.6. Qoraev S. O‘zbekiston viloyatlari toponimlari. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2005. – 240 b. Asar “So‘zboshi” (3-4-betlar), “Toshkent shahri toponimlari” (5-41-betlar), “Andijon viloyati toponimlari” (42-51-betlar), “Buxoro viloyati toponimlari” (52-65-betlar), “Jizzax viloyati toponimlari” (66-78-betlar), “Navoiy viloyati toponimlari” (79-90-betlar), “Namangan viloyati toponimlari” (91-99-betlar), “Samarqand viloyati toponimlari” (100-121-betlar), “Sirdaryo viloyati toponimlari” (122-124-betlar), “Surxondaryo viloyati toponimlari” (125-134-betlar), “Toshkent viloyati toponimlari” (135-155-betlar), “Farg‘ona viloyati toponimlari” (156-163-betlar), “Xorazm viloyati toponimlari” (164-176-betlar), “Qashqadaryo viloyati toponimlari” (177-188-betlar), “Qoraqalpog‘iston toponimlari” (189-200-betlar), “Etnonimlar ma’nosi” (201-209-betlar), “Toponimikaning kodlari” (210-221-betlar), “Xotima” (222-223-betlar), “Adabiyotlar ro‘yxati” (223-238-betlar) qismlarini o‘z ichiga oladi. Bu asarda Toshkent shahri, har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston hududining geografik joylashuvi, toponimlarining o‘ziga xos xususiyatlari qisqacha yoritilib, shu hududga oid toponimlarning qisqacha lug‘ati keltirilgan. Lug‘atdan namuna: Buvayda – qishloq. Buvayda tumani markazi. SHoh Jamolning singlisi Bibi Xuvaydo nomi bilan atalgan deyishadi. Qo‘qon xonligi arxivida Bibi Ubayda shaklida tilga olingan (159). SHirinlar – qishloq. YAngibozor tumani. SHirin – o‘zbeklar tarkibidagi urug‘ (175) kabilar. 2.7. O‘rinboev B., Xoliqov O. Maktab toponimik lug‘ati. – Samarqand, 2004. – 92 b. Bu asarda U-1X sinflar ona tili va adabiyot darsliklarida uchraydigan joy nomlari to‘planib, ular alifbo tartibida keltirilgan, ularning ma’nosi imkoniyat darajasida izohlangan. Asar “Kirish” (3-6-betlar), “Lug‘at” (7-88-betlar), “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” (89-91-betlar) qismlaridan iborat. Lug‘atdan namuna: Dehqonobod (P, 82; 1U, 9) – tuman va qishloq. Toponim deh +qon +obod qismlaridan iborat bo‘lib, u tojikcha deh – qishloq, qon – qoon - hoqon, ya’ni qishloq hokimi demakdir. Dehqonobod – dehqonlar o‘zlashtirib, obod qilgan joydagi qishloq ma’nosidadir (33). Kattaqo‘rg‘on (1, 96; P, 83) – shahar. Toponim katta va qo‘rg‘on so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, u katta shahar, katta qal’a; tepalikdagi shahar, tepadagi istehkom degan ma’nodadir (41) kabilar. 2.8. Nafasov T., Nafasova V. O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati (maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari uchun). – Toshkent: “YAngi asr avlodi”, 2007. – 88 b. Asar “Toponimlar – xalq ijodi, til mulki, tarix ko‘zgusi” deb nomlanuvchi “Kirish” (4-6-betlar), “Lug‘atning tuzilishi” (7-9-betlar), “Lug‘at” (10-81-betlar) qismlaridan iborat. Bu lug‘at birinchi o‘quv toponimik lug‘at sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Lug‘atdan namuna: Download 179.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling