Tasdiqlayman


Download 179.93 Kb.
bet37/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

Foydalanilgan adabiyot:

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.



1.Onomastika- yunoncha onomastike- nomlash, nom qo’yish san’ati demakdir. Tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularni paydo bo’lishi va o’rganish tarixini o’rganuvchi bo’lim.

2. Toponimka- yunoncha topos- joy, onuma-nom. Biror joyning hududning geografik nomlari. Leksikologiyaning geografik nomlarini o’rganuvchi bo’lim. Toponimiya- toponimika.



Foydalanilgan adabiyot:

O’zbek tilining izohli lug’ati.




2-MUSTAQIL TA’LIM

Turli lug‘atlardan sodda, birikmali va murakkab toponimlarga misollar topiladi, ular tahlil qilinadi.



  1. Angren- shahar. Ohangaron daryosi vodiysida ko’mir konlari topilishi (1940) munosabati bilan 1941-yilda daryoning chap sohilida, Jigariston soyi yaqinida ko’mir qazuvchilarning birinchi uy-joylari qurildi. 1946-yilda bu joylarda Angren shahri barpo etildi. Angren tojikcha ohangar “temirchi” so’zining fonetik o’zgarishga uchragan formasidir.

  2. Angor- qishloq. Surxandaryo viloyati, Termiz tumanida. Angor ikki ma’noda qo’llaniladi: 1) hosili yig’ib-terib olingan ekinzor. Buni angiz deb ham yuritishadi; 2) qadimgi maydon o’lchovi, qat’iy birlikka ega emas. Har joyda har xil. Atrofi devor bilan o’ralgan yaxlit ekin maydoni bir angor deyiladi. So’zning keyingi ma’nosi toponimga aylangan.

  3. Avshar- Xorazm viloyatining Xazorasp va Bog`ot rayonlaridagi qishloqlar nomi. Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asarida bu so`z afshar shaklida uchraydi va o`g`uz qabilalaridan birining nomi sifatida tilga olib o`tiladi. Xorazm toponimlarini tadqiq etgan Zarif Do`simovning yozishicha, afsharlar o`g`uz ko`chmanchi qabilalari tarkibi kirib, IX-XI asrlarda Orol bo`yi va Kaspiy bo`ylarida hayot kechirgan.

  4. Bayot- qishloq. Xorazm viloyati Yangiariq rayonida, Buxoro viloyati, Qorako’l tumanida. Bayot toponimi etnik nom asosida yasalgan. Bayot qadimgi turk – o’g’uz qabilalaridan biri. Ular turkman, ozarbayjon, o’bek xalqlari tarkibiga kirgan. Mahmud Koshg’ariyning yozishicha bayot argu tilida “tangri” demak.

  5. Baliqchi – qishloq. Andijon viloyati Baliqchi tumanida, Qozog’iston viloyatida. Baliqchi toponimining asosida baliqchi etnonimi yotadi. M. Koshg’ariy baliq so’zining bir necha ma’nolarini keltiradi: 1. Baliq I-shahar; turk va uyg”urlarda. 2. Baliq II- loy; arg’u va o’g’uz tillarida. 3. Baliq III- baliq. Baliqchi etnonimi so’ zning shahar ma’nosi asosida paydo bo’lgan bo’lishi mumkin, ya’ni baliqchi- “shaharlik” degan ma’noda.

  6. Ballas- Andijon viloyati Xo`jaobod rayonidagi qishloq. Barlos degan urug` nomi bilan atalgan. Toponim tarkibida tovush o`zgarishi ro`y bergan. Ikkinchi bo`g`ini boshidagi “l” tovushi birinchi bo`g`in oxiridagi “r” tovushiga ta`sir etib etib, uni o`ziga aynan o`xshatib olgan, ya`ni rl>ll tarzida o`zgargan; o tovushi esa a tovushiga o`tgan: Barlos>Ballos>Ballas.

  7. Baroz- qishloq, Jizzax va Samarqand viloyatlarida. So’g’d va fors tilida “balandlik”, O’rta Osiyoda “tepasi yassi baland qirlar” baroz deb ataladi. Katta Baroz, Kichik Baroz nomli toponimlar ham shu so’zdan kelgan.



Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling