Ko’lmak- halqob suv.
Kom- ariq.
Naynova- qamish g’arovdan yasalgan nov; nov- suv oqadigan joy o’zan, tarnov.
Nahr- katta ariq.
Ro’d- soy daryo.
Xotinsuv- suv miqdori biroz o’zgarib turadigan kamsuv joy, o’zan.
5-MUSTAQIL ISH
Turli lug‘atlardan sodda, birikmali va murakkab antroponimlarga misollar topiladi, ular tahlil qilinadi.
Sodda birikmali antroponimlar
Zabiy (arabcha) – ohu, erkak ohu.
Zabihulla (arabcha) – Allohga atalgan, sadaqa qilingan o’g’il. Allohga o’zini bag’ishlagan bola.
Zabur (arabcha) – yozilgan, bitilgan. Dovud (a. s.) ning kitobining nomi.
Zakariya ( qadimgi yahudiycha-arabcha) – Zaxariya- Allohni yodda tutuvchi, Allohning yodi bilan yashovchi yoki er, mard, jasur.
Zaliqa (arabcha) - so’zamol, go’zal nutq sohibasi,notiq.
Zamzam (arabcha) – Makka shahrida Ka’ba yaqinidagi buloq, muqaddas suv. Umri Zamzamdek boqiy va zilol bo’lsin.
Zamir (arabcha) – yurak, qalb, vijdon. Asdi: Zamiriddin.
Zamiriddin (arabcha) – dinning yuragi, qalbi; dinga sodiqlik bilan vijdonan sig’inuvchi.
Zangi (forscha) – qoracha, qora boda yoki ko’tariluvchi, yuksaluvchi, mahkam, mustahkam.
Zangor (forscha) - yuqori, ulug’ martabali qiz yoki ko’zlari ko’k, ko’k ko’zli qiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |