Tasdiqlayman


Download 179.93 Kb.
bet42/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

Gidrooykonimlarga, nahr, arna, ariq, afdoq, bodoq, buloq, daryo, jo’y, jo’ybor, jo’yak, kanal, ro’dbar, sardoba, sel, soy, suv, tagob, chashma, sharshara,o’zak, qoq, quduq… kabilar kiradi.
Orooykonimlar. Re’lef shakllaridan nom olgan orooykonimlar: adir-Bo’lakadir, Adirmoq; bel-Beltov, Beltepa, Belariq; dara-Omondara, Palandara; dahana-Qoradahana, Oqdahana; Do’ng- Do’ngariq, Do’ngtepa…
Fitooykonimlar: ajriq, archa, bodom, Burgan, do’lana, lola, pista, shuvoq, evalak,anor, arpa, tariq, terak, olvoli olma, jiyda, paxta, beda, saksovul.
Zootoponimik oykonimlar- hayvon nomlari bilan atalgan aholi punktlari. Ayg’ir, Ayg’irtepa, Baliqli, Baliqko’l, Bahrin, Bedana, Do’lta, Do’ltali, Bo’ritepa, Burgutqal’a, Ilonli, Laylakon, Oqbo’yra, Oqechki,Qulonxona, Qulonchi, G’ajir va boshqalar.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qorayev S. Toponimika. – Toshkent, 2006.

4-MUSTAQIL ISH:

O’zbek gidronimlarining kelib chiqishi haqida
GIDRONIMLAR. Barcha suv ob’yektlarining nomi gidronimlar deyiladi. Yer shari yuzasining qariyb 71 foizini 4 ta – TINCH, ATLANTIKA, HIND, SHIMOLIY MUZ okeanlari egallagan. Okeanlarning ayrim qismlari dengiz deyiladi. Quruqlikda suv to’lib qolgan chuqurliklar ko’llar deb ataladi. Kichikroq daryolar soylar, kichik soylar esa jilg’alar deb ataladi. Daryo yoki soyga qo’shiladigan suvlar irmoqlar deyiladi.

O’rta Osiyodagi eng yirik daryo- Amudaryo qadimgi yunon tarixchisi GERADOT asarlarida ARAKS deb, keying yunon tarixchilari asarlarida esa OKS yoki OKSOS deb atlgan. Amudaryoning qadimgi turkey nomi- O’KUZ, Avesto va boshqa tarixiy manbalarda ARANG, RAXA, RANXA, ARANXA degan qadimiy nomlari uchraydi. Arablar uni JAYXUN- jo’shqin daryo deb nomlaydi. Jayxun yahudiylarning muqaddas kitobi “TAVROT”DA tilga olingan JIXON daryosiga nisbat berib aytilgan degan fikrlar ham bor. SIRDARYONING ham nomlari ko’p bo’lgan. Qadimgi yunon tarixchilarining asrlarida YAXARTES, YAKSART ba’zan Ta’nais , Avestoda Danu, Yaosha, X asrda yozilga “Hudud ul-olam” qo’lyozmasida Xashart, Runik Turkiy yozuvlarda Yenchuo’guz, Firdavsiyning “Shohnoma”sida GULZARRIYUN, keyinchalik Sayhun nomlari bilan atalib kelganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.



Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling