Tasdiqlayman


Sodda birikmali etnotoponimlar


Download 179.93 Kb.
bet40/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

Sodda birikmali etnotoponimlar:


Jaloyir- bir necha turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek, qozoq, qoraqalpoq xalqlarining tarkibiga kirgan yirik qabilalardan birining nomidir. “O’zbek ensiklopediyasi” da qayd etilishicha, o’zbeklar tarkibiga kirgan jaloyirlar o’tmishda Toshkent va Buxoro vohalarida, Nurota tog’ etaklarida yashaganlar. O’sha hududlarda qisman ularning nomlari abadiylashib qolgan. Hozirda o’lkamizda jaloyir qabilasi nomi qishloq nomlari tarzida ko’p uchraydi. Xususan, Farg’ona viloyatida bir necha aholi maskani Jalaer nomi bilan yuritiladi. Bu qishloqlar Uchko’prik, Furqat, Bag’dod, Buvayda, Rishton, Quva tumanlari hududida joylashgan.



  1. Nayman- 92 bovli o’zbek xalqining eng katta va eng qadimiy qabilalardan biridir. Respublikamizning deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Farg’ona vodiysida 20 dan ortiq qishloq va mahallalar Nayman nomi bilan yuritiladi. Viloyatimizning Buvayda, Quva tumanlarida va Quvasoy shahrida Nayman, Dang’ara tumanida esa Naymancha degan aholi maskanlari mavjud.

  2. Saroy-qabilasi Buxoro, Karmana, G’ijdivon, Kattaqo’rg’on, Samarqand va Jizzax atroflarida, Qarshi, Shahrisabz vohalarida qisman Farg’ona vodiysida yashagan. Saroylar tarkibida bir qancha katta-kichik qabilalar bo’lgan: azsaroy, qipchoqsaroy, qirg’izsaroy, qo’ng’irotsaroy, naymansaroy va boshqalar.

  3. Mang’itlar- Zarafshon vodiysida, qisman esa Xiva xonligida, so’ngra Qarshi vohasida shuningdek, Amudaryoning chap sohilida-Chorjo’y yaqinlarida yashab kelganlar. Mang’it bir qancha mayda urug’laraga bo’lingan. Eng yirik urug’lar: Oq mang’it, qora mang’it, och mang’it, chala mang’it, boyg’ondi mang’it.

  4. Avshar- qadimiy urug’lardan birining nomi. Arab geograflari o’z asarlarida Buxoro yaqinida Avshar degan shaharni tilga oladi. Abulg’ozi Bahodirxon Avshar so’zini ishini ildam ishlamoqchi deb izohlaydi.

  5. Solin- yuz urug’ining bir tarmog’i. Solinlar Zarafshon vodiysida,Jizzax viloyatining Jizzax, Zomin, G’allaorol tumanlarida qayd qilingan. Quloqning uchki yumshoq qismi solin, solinchak, solinchoq deyilgan.

  6. Uyaz- marqa urug’ining 16 tarmog’idan biridir.Uyaz boshqa urug’lar tarkibiga ham kirgan. Masalan, solin urug’ining bir qismi uyozsolin deb yuritilgan. Bu so’z joy nomlari shaklida ucraydi.

3.Turli lug‘atlardan sodda, birikmali va murakkab etnonimlarga misollar topiladi, ular tahlil qilinadi.


Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling