SURXANDARYO nomining etimologiyasi ham jumboqligicha qolmoqda. Tojikcha “Qizil suv’’ ma’nosida bo’lsa surxob deyilishi kerak edi. Daryoning bosh qismi-DENOV shahrigacha Qizilsuv deb atalgan.
SURX yoki SURXI degan Turkman urug’I bor. O’rta asrlarda Temur davrida ham CHAG’ONRUD deb atalgan. V.V. Bartold mo’g’ul tilida chag’on OQ ekanligini aytgan. (RO’D-DARYO).
Gidronimlarni hosil qiluvchi atamalar
Akvatoriya(lotincha aqua- suv)- suv bilan qoplangan maydon.
Anhor ( arabcha birligi- nahr)- katta ariq.
Ariq- suv yo’li.
Afdoq- katta ariqdan chiqarilgan tarmoq.
Bo’g’iz- ikki suv havzasini birlashtiradigan suv yo’li.
Darg’ot-suv taqsimlagich inshoot.
Guzar- daryodan kechib o’tiladigan joy, kechuv.
Do’lob- suvni balandga ko’tarib beradigan moslama.
Izza- sernam, zax joy.
Jonabuloq- qiyaroq yerdan chiqqan buloq.
Ko’l- kichikroq tabiiy suv havzasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |