Tasdiqlayman


Download 179.93 Kb.
bet33/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

To‘ng‘ra. Tele guruhiga kiradigan qabila. 605-606 yildan Jung‘oriyada mustaqil tele davlati tarkibida. Toli daryosi shimolida yashaganlar. 620 yillarda Orxon va Selenga orasida ko‘chib yurganlar. Manbalarga ko‘ra to‘ng‘ralar yaqin qarindosh qabilalar – o‘g‘uz va uyg‘urlar bilan birgalikda tele qabilalar uyushmasidagi qabilalardan biri bo‘lgan (145).

Qo‘shchi (Qushchi). Qadimgi turkiy qabilalardan biri. 6-7-asrlarda turk hoqonligi tarkibida bo‘lgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida Dashti Qipchoqqa kelib joylashgan. 16-asr boshlarida SHayboniyxon qo‘shinlari tarkibida Movarounnahrga kelishgan. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida qo‘shchilar quyidagi urug‘larga bo‘lingan: qashg‘arlik, to‘qqiz novcha, shix sayod, moli.

Qo‘shchilarning ayrim guruhlari turkman, qirg‘iz, qozoq va boshqirdlar tarkibiga kirgan (209) kabilar.

4. Onomastik terminlarning izohli lug‘ati. Bunday lug‘atda nomshunoslik fanida qo‘llaniladigan asosiy terminlar majmui keltiriladi va izohlanadi. SHu kunga qadar S.Qoraev, E.Begmatov, T.Nafasov, T.Enazarov, N.Oxunov kabi nomshunos olimlarning ishlarida onomastik terminlar u yoki bu darajada to‘plangan va izohlangan edi. Bu haqda R.Nuriddinovaning nomzodlik ishida muhim ma’lumotlar keltirilgan1. Bu ishda o‘zbek onomastikasiga oid ilmiy tadqiqotlar matnida qo‘llangan 2000 na yaqin ilmiy terminlar tahlil qilingan. Ana shunday izlanishlar natijasida onomastik terminlarning izohli lug‘atini yaratish imkoniyati vujudga keldi.

4.1. Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. – Namangan: NamDU nashri, 2006. – 104 b. Bu lug‘atda 1680 ga yaqin onomastik terminlar izohlangan. Asar “So‘z boshi” (3-6-betlar), “Lug‘at materiali va tarkibi” (6-8-betlar), “Lug‘atning tuzilishi va terminlar izohi” (8-11-betlar), “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati” (11-103-betlar) qismlarini o‘z ichiga oladi. Lug‘atdan namuna:


Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling