Savol va topshiriqlar:
1. Onomastik lug‘atlar va ularning boshqa tipdagi lug‘atlardan farqli tomonlari.
2. O‘zbek tilshunosligida yaratilgan antroponimik lug‘atlar va ularning turlari.
3. Toponimik lug‘atlar va ularning turlari.
4. O‘quv toponimik lug‘ati va maktab toponimik lug‘atining umumiy hamda farqli holatlari.
5. Etnonimlar lug‘atini yaratish tamoyillari haqida.
6. Onomastik terminlar va ularni lug‘atlarda izohlash usullari.
“O‘ZBEK ONOMASTIKASI MASALALARI” FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
1-MUSTAQIL TA’LIM
Asosiy onomastik terminlar turli lug‘atlardan to‘planib, ular daftarga qiyosiy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
Namuna:
1.Onomastika termini antroponimika ma’nosida ham qo’llangan. Onomastika mavjud onomastik tizimning aniqlash va o’rganishni, maqsad qilib qo’yadi. Atoqli otlarning lisoniy xususiyatiga qarab onomastika adabiy va dialektal, amaliy bva poetik, zamonaviy va tarixiy, amaliy va nazariy turlarga bo’linadi. Bu fan tarix, etnografiya, arxealogiya, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, astranomiya kabi bir qator fanlar bilan aloqador hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |