Etnolingvistik jarayon – atoqli otning paydo bo‘lishi va shakllanishida etnik va lisoniy omillar o‘tkazgan ta’sir (95).
O‘zbek adabiy onomastikasi – o‘zbek nomshunosligining badiiy asarlar imomlvnm atoqli otlarni o‘rganuvchi tarmog‘i, yo‘nalishi (97) kabilar.
SHunday qilib, o‘zbek onomastik leksikografiyasida shu kunga qadar antroponimik, toponimik, etnonimik va onomastik terminlar lug‘atlari yaratishda muayyan ishlar amalga oshirilgan. Kelgusida gidronimlar, kosmonimlar, xromonimlar, geortonimlar, ideonimlar kabi boshqa bir qancha onomastik ko‘lamlarga oid onomastik birliklarni to‘plash, shu asosda lug‘atlar yaratish o‘zbek lug‘atshunosligining dolzarb muammolari qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |