Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7769 uzsmart.uz
Germaniya sug`urta bozori.Germaniya sug`urta bozorida mol-mulk sug`urtasi
51%, shaxsiy sug`urta 37%, tibbiyot sug`urtasi 12% ni tashkil qiladi. Bu sug`urta to’lovlari faqat fuqarolarga tegishli bulmasdan balki yuridik shaxslarga ham tegishlidir. Hammasi bo’lib sug`urta tashkilotlari faoliyati fuqarolarga xizmat kursatish bo’yicha 87%, xuquqiy shaxslarga esa 13% ni tashkil qiladi. Sug`urta faoliyati ikki yo’nalishga ega: 1. Ijtimoiy ta’minot; 2. Sug`urta xizmatini ko’rsatuvchi sektor. Ijtimoiy ta’minot yo’li bilan qarilik, vaqtincha mehnat qobiliyatini yuqotish, ishsizlik sug`urtalanadi. Xususiy sektor 3 yo’nalishda faoliyat kursatadi: 1. Akstionerlik jamiyatlari mulkini sug`urtalash; 2. Hamkorlik (uzaro) sug`urtasi; 3. Davlat sug`urtasi. 46 Sug`urtani boshqarish Germaniyada yaxshi yulga qo’yilgan. Maxsus sug`urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qilish departamenti mavjud bo’lib, uning asosiy vazifasi sug`urtalanganlar xuquqini ximoya qilishdan iborat bo’lib, buning sababi Germaniyada sug`urta tashkilotlari keltirilgan zararlarni qoplaydigan fond tashkil qilinmaganidadir. Sug`urta tashkilotlari federal viloyatlar (er organlari) tomonidan nazorat qilinadi. Barcha viloyat sug`urta kompaniyalari ustidan Federal Nazorat Departamenti kuzatib boradi. Germaniyada ixtiyoriy sug`urta bilan birga majburiy sug`urta ham mavjud bo’lib, bunda yollanib ishlovchilar, avtotransport egalarini uchinchi shaxsga etkazgan zararlari, xavo transporti xodimlari, dori-darmon ishlab chiqaruvchilar majburiy tartibda sug`urtalanadilar. Har bir sug`urta tashkiloti yillik xisobot topshiradi. Sug`urta tashkilotlari daromadi soliqlar vositasida bilan tartibga solinadi. Sug`urta faoliyatidan 50% stavka bilan hayot sug`urtasidan tashqari tuzilgan barcha shartnomalar bo’yicha keladigan daromadlardan soliq olinadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling