Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7769 uzsmart.uz
Buyuk Britaniya sug`urta tizimi.Buyuk Britaniya sug`urta bozorining
markazi London xisoblanib, shahar uzining kup qirrali sug`urta faoliyati bilan jaxonda mashxur. Unda jaxondagi yirik sug`urta kompaniyalarining vakolatxonalari mavjud, ular faqat sug`urtalash bilangina emas, balki qayta sug`urtalash bilan ham shugullanadilar. Bular orasida «Lloyd» sug`urta kompaniyasi markaziy o’rin egallaydi. Buyuk Britaniya sug`urta bozorining xususiyati quyidagilardan iborat: 1. Aholiga xizmat kursatadigan pensiya, investistiya kompaniyalari faqat avtomobillargina emas, balki boshqa uy-ruzgor mol-mulklari, javobgarlik, fuqarolik sug`urta va sug`urtaning boshqa turlari bilan ham shugullanadilar; 2. Akstiyadorlar jamiyati hamkorlik sug`urtasi yo’li bilan o’zlariga tegishli sug`urta turlarini amalga oshiradilar; 3. Sug`urta tashkilotlari orasida Lloyd sug`urta tashkiloti markaziy o’rinni egalaydi, unga 400 sug`urta sindikatlari qaraydi. Ular anderrayterlar tomonidan 45 boshqariladi. Bundan tashqari brokerlar tomonidan oddiy va qayta sug`urta shartnomalari tuziladi; 4. Sug`urta tashkilotlari ustidan savdo va sanoat departamentining sug`urta nazorat bo’limi nazorat urnatadi. Sug`urtaning ayrim turlari bo’yicha ruxsat olish uchun departament bo’limiga qator xujjatlar taqdim etiladi; 5. qayta sug`urta xajmi cheklangan bo’lib, 10 dan 20% gacha olingan majburiyat xisobidan qayta sug`urtalanadi; 6. Savdo va sanoat departamenti xuzurida sug`urtalanganlar xuquqini ximoya qilish bo’limi bo’lib, bo’lim ixtiyorida maxsus fond tashkil qilingan, uning xisobidan zarar kurgan sug`urta tashkilotlariga dotastiya beriladi; 7. Buyuk Britaniyada fuqarolik javobgarligining majburiy sug`urtasi mavjud. Transport, uy xayvonlari bundan tashqari buxgalterlar, advokatlarning kasb javobgarligi bo’yicha sug`urta shartnomalari tuziladi; 8. Moliyaviy xisobot auditor tekshiruvidan o’tadi; 9. Sug`urta tashkilotlari uz foydasidan mol-mulk uchun soliq to’laydilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling