Tashkent State Transport University Volume 3


Tashkent State Transport University


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana25.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1719729
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fuqarolik-huquqi-o-zbekiston-respublikasining-yangi-konstitutsiyasi-va-xorijiy-davlatlar-konstitutsiyalarida

Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan 
is the Glorification of Human Dignity, the 
Guarantee of Our Free and Prosperous Life 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - 
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati 
 
 
 
 
 
307
 
December 1 
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
yo’qotgan bo’lishi, sudlanmagan bo’lishi, yetarli mablag’ga ega bo’lishi, davlatning 
ijtimoiy yordamiga muhtoj bo’lmasligi, shu bilan birga ishsizlik nafaqasi hisobiga 
yashamayotgan bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasida ham bir qancha talablar mavjud. Birinchi navbatda 
shaxs o’z ixtiyori bilan iltimosnoma kiritishi kerak. “O’zbekiston Respublikasi 
Fuqaroligi to’g’risidagi” Qonun yangi tahririning 18-moddasiga ko’ra shaxs chet 
davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo’lishi shart, yashash guvohnomasi 
olgan kundan boshlab, uzliksiz besh yil davomida O’zbekiston Respublikasi 
hududida doimiy yashashi, qonuniy tirikchilik manbaiga ega bo’lishi, davlat tilini 
muloqot darajasida bilishi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
rioya etish majburiyatini olishi lozim.
Fuqarolikka ega bo’lishning uchinchi usuli optatsiya usuli hisoblanib, ushbu 
usul “transfer” ( tanlash) usuli deb ham ataladi. Ushbu usulda fuqarolik davlat 
hududining o’zgarishi orqali tanlanadi. Bunday holatda fuqaro davlat hududining 
o’zgarishida aybdor bo’lmaydi. Agar optatsiya usuli orqali fuqarolikka qabul qilinish 
zarurati tug’ilsa, fuqaroga ma’lum vaqt beriladi qaysi davlat fuqaroligini qabul qilish 
masalasi bo’yicha. Misol uchun, 1957-yilda Saar viloyati referendum natijasida 
Germaniya hududiga kiritilgan vaqtda o’sha viloyatdagi fuqarolarga nisbatan 
optatsiya usuli qo’llanilgan. Ya’ni bunda ularga yo Fransiya fuqaroligida qolish yoki 
Germaniya fuqaroligini qabul qilish imkoniyati berilgan.
Shuningdek, fuqarolikka qabul qilinish nikohga kirish, bola asrab olish, 
fuqarolikni tiklash va fuqarolikni sovg’a qilish orqali ham amalga oshiriladi.
Fuqarolikni tiklash usuli ko’pgina davlatlarda asosan ehtiyoj tug’ilgan omillar 
sababli immigratsiyani amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ba’zi 
davlatlarda “Repatriatsiya” ya’ni vatanni tiklash deb ataladi. Eng mashhur va ko’p 
sodir bo’ladigan repatriatsiya deb yahudiy xalqining Isroilga ko’chib kelishini 
aytishimiz mumkin. Bunda istalgan yahudiy Isroilga ko’chib kelsa, unga fuqarolik 
beriladi.
Shu o’rinda, fuqarolikni tugatishning ham bir qancha turlari, usullari mavjud 
bo’lib, ular; fuqarolikdan chiqish, fuqarolikdan mahrum bo’lish, fuqarolikni yo’qotish 
va boshqalar.
Fuqarolikdan chiqish asosan fuqaroning tegishli davlat organiga ariza kiritish 
orqali amalga oshiriladi. Rossiya, Turkmaniston, Belorussiya, Ukraina va Gruziyada 
ushbu protsess deyarli bir xil. Fuqarolikdan chiqishni rad etuvchi 
holatlar mavjud. Misol uchun, Ozarbayjon, Armaniston, 
Qozog’iston va Tojikiston qonunchiligiga ko’ra davlatning 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling