Tashkent State Transport University Volume 3
Tashkent State Transport University
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
fuqarolik-huquqi-o-zbekiston-respublikasining-yangi-konstitutsiyasi-va-xorijiy-davlatlar-konstitutsiyalarida
Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati 309 December 1 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference Shu bilan birga xorijiy davlatlarning ba'zi konstitutsiyalarida xorijliklarga siyosiy boshpana berish masalasi ham nazarda tutilgan. Germaniya va Italiya Konstitutsiyalarini bunga misol qilib qolsak bo’ladi. Fuqarolik tizimida siyosiy boshpana so'rash huquqi alohida o'ringa ega. Oʻzbekistonda siyosiy boshpana oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan yoki ta’qib qilishning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdiddan, shuningdek хalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaхslarga va ularning oila a’zolariga beriladi. Siyosiy boshpana olish huquqi ko'pgina davlatlarning qonunchiligida o’z ifodasini topgan. Misol uchun, Italiya Konstitutsiyasining 10-moddasida "O'zining mamlakatida demokratik huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo'lgan chet el fuqarolari qonunda belgilab qo'yilgan shartlar asosida siyosiy boshpana olish huquqiga ega" deb ta’kidlangan. Shuningdek, GFR Asosiy Qonunining 16-moddasiga ko’ra, ” O'zining siyosiy dunyo qarashlari uchun ta'qib qilinayotgan shaxslar siyosiy boshpana olish huquqidan foydalanishlari mumkin". Demokratik Konstitutsiyalarda ekstradatsiya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatni ko’proq xalqaro shartnomalarda uchratishimiz mumkin. Misol uchun, 1991- yilgi Sloveniya Konstitutsiyasining 47-moddasiga binoan “Sloveniya fuqarosi chet el davlatlariga berilishi mumkin emas. Chel ellik fuqarolar esa faqat xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardagina berilishi mumkin”. Yangilanayotgan O’zbekiston Konstitutsiyasining 22-moddasida esa quyidagicha bayon etilgan: “O’zbekiston Respublikasi fuqarosi tashqariga chiqarib yuborilishiga yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas”. 4.Xulosa. Xulosa qilib aytganda, fuqarolik bu jamiyatda shaxs maqomini belgilaydigan muhim konstitutsiyaviy-huquqiy institut hisoblanadi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Chunki shaxs ushbu huquqqa ega bo’lgach, fuqaro va davlat o’rtasida ma’lum munosabatlar o’rnatiladi. Shaxs fuqarolikka ega bo’lish orqali ma’lum bir huquq va erkinliklarga ega bo’lish bilan qatorda burch va majburiyatlarni ham o’z zimmasiga olishi kerak. O’zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi tushunchasi nafaqat qonun hujjatlari, balki Konstitutsiyamizda ham alohida bob ajratilganligini ko’rishimiz mukin. Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish bo’yicha kelib tushgan 200 mingga yaqin taklif va tavsiyalar ichida ushbu sohaga oid normalarni ham o’zgartirishga oid tavsiyalar ham kelib tushganligini va takliflar qonun loyihasiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling