Tashkent State Transport University Volume 3
Tashkent State Transport University
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
fuqarolik-huquqi-o-zbekiston-respublikasining-yangi-konstitutsiyasi-va-xorijiy-davlatlar-konstitutsiyalarida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tadqiqot natijalari
Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati 306 December 1 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference qaratilgan masalar va sohadagi muaommolar o’zining dolzarbligini yo’qotmagan. 2. Metodlar. Ushbu maqolani yoritishda qiyosiy-huquqiy tahlil, tarixiy, xolislik, ketma-ketlik metodlaridan foydalangan holda maqolini mazmuni, fuqarolik huquqi sohasidagi muammolarni bartaraf etish hamda yanada rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berildi. 3. Tadqiqot natijalari: Fuqarolik tushunchasi qadimdan mavjud bo’lganligini xristianlarning “Injil” kitobidagi “Fuqaro” terminining qadimgi Rim davlatida ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkin. Feodalizm davriga kelib, fuqaro termini bilan bir qatorda “poddanstva” iborasi qo’llanilgan. Poddanstva tushunchasi feodalga tegishlilikni, unga soliq va bojlarni vaqtida to’lab turishga majburlikni bildirgan. Ushbu tushunchani hozirgi kunda asosan monarxiya davlatlarda uchratish mumkin. Masalan, Birlashgan Qirollikda “ subject of her/his majesty” (zoti oliylarining poddaniysi) iborasi qo’llaniladi. Ammo bir qancha monarxiya tuzumidagi davlatlar, misol uchun, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda ushbu termin “fuqaro” termini bilan almashtirilgan. Turli davlatlarda fuqarolikka ega bo’lish, uni yo’qotish va tiklashning bir qancha usullari, qoidalari bor bo’lib, ular har bir davlat konstitutsiyalari va qonunlarida o’z ifodasini topgan. Davlatimizda ushbu jarayonlar Konstitutsiyada, shuningdek, qonun hujjatlarida ham tartibga solingan. Fuqarolikka ega bo’lishning bir qancha usullari bor va bu turli davlatlarda turlicha. Fuqarolikka ega bo’lishning birinchi asosiy yo’li – bu filiatsiya usuli ya’ni tug’ilishlik bo’yicha fuqarolikga ega bo’lish hisoblanadi. Ushbu usul ikkita ko’rinishni o’z ichiga oladi. Birinchisi “qon huquqi” – bola qayerda tug’ilganidan qat’iy nazar ota-onasining fuqaroligini oladi. Hozirda ko’pgina davlatlarda qonun huquqi orqali fuqarolikka ega bo’lish keng tarqalmoqda. Misol uchun, Yaponiya, Fransiya, GFR, Italiya va boshqa davlatlar. Ikkinchisi, “yer huquqi” – bu bola qaysi davlat hududida tug’ilgan bo’lsa, ota-onasining fuqaroligiga qaramasdan, o’sha davlat fuqaroligini oladi. Misol uchun, Argentina, Braziliya va Lotin Amerikasining bir nechta davlatlarida yer huquqidan foydalaniladi. Shuningdek, ko’pgina davlatlarda “aralash” usul ham mavjud bo’lib, ushbu usulda har ikkala holatning ham bo’lishi talab qilinadi. Fuqarolikka ega bo’lishning ikkinchi usuli naturilizatsiya yo’li orqali amalga oshiriladi. Ya’ni boshqa davlat fuqarosi yo fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolikka ega bo’lishlari. Ushbu usulda “bo’lajak fuqarolar” oldiga turli davlatlarda turlicha talablar qo’yiladi. Misol uchun, Germaniyada shaxs birinchi navbatda, boshqa davlat fuqaroligini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling