Tashkil qilish


M ustahkam lash uchun savollar


Download 0.66 Mb.
bet47/57
Sana24.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1115420
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
90 minglik ish

M ustahkam lash uchun savollar:
1. Mehnat ta'lim ida qanday o'qitish shakllari ni bilasiz?
2. Malakali ishchiga biriktirib o'qitish deganda nimani tushunasiz?
200
3. O'qitishni frontal, zveno, yakka, aralash shaklari qaysi vaqtda qo‘llaniladi?4. Sinfdan tashqari qanday amaliy m ashg‘ulotlar bor?


4 .5 . M e h n a t ta ’lim i, k asb ta n la sh g a y o ‘lla sh d a
ek sk u rsiy a la rn i am a lg a o sh irish m eto d ik a si
Reja:
1. Ekskursiya darslarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Ekskursiyalarning darsdan tashqari mashg'ulotlarda tutgan
o‘rni.
3. Ekskursiyalarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi.
Tayanch iboraiar: ekskursiya, texnologik jarayonlar, ilg'or ish usullari, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, taassurot, maslahat,
taqqoslash, ishlarni mexanizatsiyalash, qiziqish, ishlab chiqarish intizomi, korxona rahbari, ekskursiyani olib boruvchi, sex, ekskursiya natijalari.
1. Ekskursiya darslarini am alga oshirishning o ‘ziga xos xu ­
susiyatlari.
Ekskursiya mehnat t a ’lim ining shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida o'quvchilar asbob-uskunalarni, texnologik jarayonlarni va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va o'rganadi. Korxonaga ekskursiyalar o'quvehilarni korxona bilan, uning asbob-uskunalari, mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan um um iy va aniq soha tarzida tanishtirish maqsadida ha m ishlab chiqarishning aniq masalalarini, ya’ni asbob-uskunalarining eng yangi namunalarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilg‘or ish usullari va m ehnatni ilmiy asosda tashkil etish metodlarini o'rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Demak, ekskursiyalar o'tkazishdan maqsad avvalo o'quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur hosil qiiishdir. Zero, o'quv ustaxonalari sharoitida o'quvchilar odatda materiallarga ishlov berishning sanoatdagi eng yangi yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar. Shunga ko'ra aytish m um kinki, ekskursiya o'quvehilarni zamonaviy texnika, texnologiya va bevosita korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan tanishtirishning yagona yo‘lidir. Ekskursiya anchagina
rnuhim tushunchalarni, jum ladan, «mehnat unumdorligi» tushunchasini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish
orqali ham shakllantirish m u m k in , albatta. Lekin bunda m az ­
kur tushuncha o‘quvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi m ustahkam o ‘zlashtirilmaydi. Ular rejalashni to‘g‘ri bajarish va birikadigan
detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini biladilar. Mehnat
unumdorligini oshirishda murakkab tikuvchilik yollarid an biri
bilan tanishish o'quvchilarda katta taassurot qoldiradi va ularning
esida yaxshi qoladi.
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo‘lish ekskursiyani t a i i m n i n g biror b o l im i (yog'och va metallga ishlov berish, servis xizmati, mehnat operatsivasi va hokazolar) boshlanishidan oldin o'tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bagishlangan ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzuni o'tishdan kevin yoki undan oldin o'tkazilgani m a ’qul. Ekskursiya odatda 15—20 o'quvchidan iborat bitta sinf bilan frontal ravishda o'tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o'quvchilar uchun yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi.
Mehnat o'qituvchisi yoki ekskursiyani olib boruvchi ekskursiya jarayonida o'quvchilarning kuzatishiga rahbarlik qilib turadi,
ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash texnologiyasiga, mehnatni tashkil etish va hokazolarga jalb qilinadi, bular
o'rtasida obyektiv ravishda mavjud bo'lgan aloqalarni aniqlash va
taqqoslash yoii bilan um umiy tamoyillarni bilib olishni o'rgatadi.
Masalan, o'quvchilar o'quv ustaxonalaridagi mashg'ulotlarda
asosan yog'och, metall, gazlamaga ishlov berishning q o i d a bajariladigan operatsiyalarini o'rganib oladilar. Tegishli korxonalarga
o'tkazilgan ekskursiya jarayonida ular eng yangi stanok, mashinalar, jihozlar bilan va yuqori unumli mehnat usullari bilan tan ishadilar. Tikuv materiallarini qayta ishlash korxonasining tayyorlov sexiga o'tka/ilgan ekskursiya davomida, o'quvchilar har xil mashinalarning ishlashini, tikuv materiallarining qirqilishini ko‘rayotganlarida ularning mehnat unumdorligi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish mumkin. Bolalar ekskursiyada baravar vaqt mobaynida qoldagiga nisbatan mexanik qaychi bilan ancha ko‘p ish bajarish mumkinligini bevosita ko'radilar.
A na shu misol orqali mehnat unumdorligini oshirishning ayrim yo‘llarini ko‘rsatish m um kin. Masalan, qo‘l qaychi o'rniga mexanizatsiyalashtirilgan qaychidan foydalanish qo‘l mehnati
o ‘rnini mexanizatsiyalashgan m ehnat egallashining namunalaridan biridir, mehnat unumdorligining oshirilishi esa ishda bir y o i a bir necha asbobdan foydalanishga misol bo‘la oladi. Mehnat unumdorligini oshirish nuqtayi nazaridan qaychilash jarayonini
t a ’riflashda o'quvchilarga mustaqil holda bir necha misollar keltirishni tavsiya etish m a ’qul. Ular ilgari o'rganilgan materiallarni:
qo'l va elektr mashinalar bilan tikish, qo'lda va mashinalarda
yo'rmash, qo‘l va mexanik qaychilarda qirqish va hokazolarni eslasalar m azkur topshiriqni bajaradilar. O'quvchilar o'quv ustaxonalari va ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlarini taqqoslab, faqat o'quvchilar mehnatining sifatinigina emas, balki mehnat unumdorligini oshirishni ham t a ’minlaydigan xilma-xil dastaki va stanok moslamalaridan keng foydalanish yo'li bilan qo'lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash zarur, degan mustaqil xulosalarga keladilar. Bunday ekskursiyalar o'quvchilarda o'zlari qurgan narsalar to'g'risida yorqin taassurotlar qoldiradi, ularning bilim doirasini kengaytiradi, bo'lajak ixtisosligiga bo'lgan qiziqishini va m e h n a t n i qayta qurish munosabatini shakllantiradi, bilish faolligini rivojlantirishga imkon beradi va ishlab chiqarish intizom asoslarini qaror toptiradi. Korxonaga o'tkaziladigan har qanday ekskursiyaning m azm uniga quyidagi aniq, ajratilgan uchta bosqich kirishi lozim:
1. Kuzatish obyektini oldindan tanlash, uning aniq maqsadlari
va vazifalarini aniqlash, korxonaga dastlabki tarzda borib ko'rish,
zarur hujjatlarni, ekskursiyani o'tkazish tartibi, o'quvchilar uchun
beriladigan topshiriqlar va hisobotlarning shakllarini tayyorlash -
dan iborat bo'lgan tayyorgarlik bosqichi.
2. Mehnat o'qituvchisi yoki ekuskursiyani olib boruvchi tom onidan ekskursiyaning maqsadlari ham da vazifalari, korxona hovlisida va boshqa belgilangan joylarda o'zini tutish qoidalari, kuzatish obyektlari, ekskursiya marshruti to'g'risida suhbat o'tkazish, o'quvchilarni bevosita zarur vazifalarni bajarishi nazorat qilinadi.
3. Ekskursiyaga yakun yasash ekskursiya jarayonida paydo
bo'ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakulovchi suhbat o'tkazish bilan cheklanmaydi. Mehnat bo'yicha navbatdagi mashg'ulotlarda bajariladigan vazifalarni va hisobotlarni tahlil
qilish hamda jam oada erkin ravishda muhokam a qilish yo'li bilan
ekskursiyaga uzil-kesil yakun yasaladi.
Ishlab chiqarishdagi ekskursiyalarni kasb ta’lim o'qituvchisi boshqa fan o'qituvchilari, xususan fizika o’qituvchisi bilan birgalikda o'tkazishi m umkin. Bunday hollarda ekskursiya vaqti uzaytiriladi va o'rganish obyekti ancha chuqurlashadi ham da ko'p qirrali bo'ladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling