Tashkil qiluvchi quruq qorishma mahsulotlar. Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda
Download 107.84 Kb. Pdf ko'rish
|
3-маъруза 21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portlandsement
CaO+H
2 O=Ca(OH) 2 +1160kDj(227kkal) So’ndirilgan va suvda yuvilgan ohak eritmasini maxsus xandaq hovuzga oqiriladi, hovuzdagi cho’kindi o’hak massasini kamida ikki hafta saqlash zarur. Shunda u so’ndirilgan hisoblanadi va ishlatish mumkin., aks holda so’nmagan aktiv ohak donalari so’nishda davom etadi va toshqotgan quruq suvoq qatlamida kengayib, pardoz sifatini buzadi. Havo ohagining sifat ko’rsatkichlari GOST 9179-77 talablari asosida me’yorlanadi. 3-rasm. Havo ohagi bog’lovchi moddasini ishlab chiqarish texnologik sxemasi PORTLANDSEMENT Portlandsement deb, ohaktosh, giltuproq va boshqa qo’shimcha unsurlardan ma’lum me’yoriy nisbatlarda tayyorlangan shixta aralashmasini pishirish darajasigacha kuydirish natijasida hosil bo’luvchi toshqol-klinker qotishmasini ma’lum miqdordagi gips toshi bilan qo’shib tegirmonda tortishdan hosil qilinuvchi kukunsimon moddaga aytiladi. Portlandsement kukunini tayyorlash jarayonida toshqol–klinkerga 3,5% gacha gips toshi qo’shilib, maxsus zoldirli tegirmonlarda tortiladi. Portlandsement klinkerini pishirish uchun xom ashyo sifatida yuqori molekulyar kalsiy karbonat birikmalari (ohaktosh, bo’r, tuf, megellar) bilan giltuproqlar (og’ir loy, mergel loyi, loyli slaneslar) ishlatiladi. 4-rasm. Portlandsement toshqol-klinkerini pishirish texnologik sxemasi. Portlandsement klinkerini pishirishning xom ashyo turlariga ko’ra loyqa, quruq va aralash (kombinasiya) uslublari mavjud. Bu uslublarning har biri o’z xususiyatlariga, afzallik va kamchiliklarga ega. Aksariyat sement zavodlari loyqa uslubida klinker pishirishga ixtisoslashgan, biroq O’zbekistonda deyarli barcha zavodlar quruq uslubda ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llashadi. Sababi quruq yoki kombinasiya texnologiyasida energiya tashuvchi shartli yonilg’i sarfi birmuncha iqtisod qilinadi. Loyqa uslubida tarkib tashkil etuvchi komponentlar zoldirli aylanma tegirmonda ko’p miqdordagi suv asosida tortiladi. Bnda suv miqdori quruq massaning 36...42% ni tashkil qiladi. Tegirmonda tortishdan suyuq oquvchan loyqasimon massa hosil bo’ladi va unga shlam deb nom beriladi. Hosil qilingan oquvchan loyqasimon-shlam suspenziyasi maxsus hovuz (shlam-basseyn)larida saqlanadi. Shlam-baseyendan loyqa quydirish uchun aylanma xumdonga jo’atiladi. Bu uslubda xom ashyo massani tashish va joydan-joyga ko’chirish ancha osonlashadi, bu amalni maxsus nasoslarda bajariladi, biroq bu usulda klinker pishirishga shartli yonilgi 1,5...2 marotiba ko’p sarflanadi. Qurq usulda tarkib tashkil etuvchi komponentlar tegirmonda quruq holda tortiladi, hosil bo’lgan kukunsimon aralashmaga xom ashyo uni yoki shixta deb ataladi. Ushbu unsimon ashyoni aylanma xumdonlarda pishiriladi. Bu usulning asosiy kamchiligi, ko’p miqdordagi eng sifatli xom ashyo unining chang sifatida ko’tarilib uchib ketishidir. Kombinasiyalashgan aralash usulda xom ashyo uni suv bilan namlanib undan yirik va kichik o’lchamli zoldirsimon (granula) tayyorlanadi. Bunda xom ashyoning kuydirish va pishirish amallari jadallashib, shartli yonilg’i sarfi 20...30 % kamayadi. Xom ashyo unini (shlamni) loyqa usulida kuydirish uchun uzunligi 150...230 m, diametri 5...7 m li aylanma xumdondan, quruq usulda kuydirilganda kaltaroq 60...95 m li aylanma xumdondan foydalaniladi. Kuydirish jarayonida dastlab xumdonga tushirilgan loyqa qurib kukunsimon holatga o’tadi, so’ngra 200...700 oS o’aroratda xom ashyo ichidagi organik birikmalar kuyadi, kimiyoviy bog’langan suv ajralib chiqadi, harorat ortib borishi bilan 1100 oS da kimiyoviy reaksiyalar boshlanadi va shu haroratda toshqol-klinker tarkibini tashkil qiluvchi asosiy minerallar hosil bo’la boshlaydi, bular: • Uch kalsiyli silikat (alit-deb nomlanadi) 3CaOxSiO2 (C3S)-40…65%; • Ikki kalsiyli silikat (belit) 2CaOxSiO2 (C2S)-15…40%; • Uch kalchiyli alyuminat (selit) 3CaOxAl2O3 (C3A)-3…15%; • To’rt kalsiyli alyumoferit 4CaOxAl2O3xFe2O3 (C4AF)-10…20%. Shunday qilib, portlandsement tshqol-klinkerinig asosiy tarkib tashkil qiluvchi minerali kalsiy silikatlari bo’lib, alit va belitning tarkibdagi umumiy miqdori 75...80% ni tashkil qiladi. Aylanma xumdon ichidagi harorat darajasi 1300oS yetkazilganda tarkibdagi barcha kimiyoviy reaksiyalar nihoyasiga yetgan, biroq bir qadar erkin kalsiy oksidi qoladi. Shunda harorat 1300...1450 oS darajasigai ko’tariladi va natijasida xom ashyo minerallar kuyish holatidan qisman erish holatiga o’tadi bu jarayon toshqol-klinker pishirish deb ataladi. Aylanma xumdondan toshqol-klinker pishirig’i 10...40mm o’lchamli, yashil-qo’ng’ir tusli zoldir granula shaklidagi chiqadi, shundan so’ng toshqol donalarini 100...200 oS harorat darajasigacha zudlik bilan sovitiladi va yanada sovushi uchun mtall silindrsimon siloslarga solib qo’yiladi. Portlandsement klinkeridan sement hosil qilish uchun, uni gips toshi va boshqa qo’shimcha-unsurlar bilan birgalikda zoldirli aylanma tegirmonda tortiladi. 5-RASM. Toshqol-klinkerdan portlandsement bog’lovchisini olish sxemasi. Shunday qilib, toshqol-klinker bu yuqori haroratda pishirish mahsuli, portlandsement esa yuqori mayinlikda tegirmonda tortilgan mahsulot. Tegirmonda tortish jarayonida gips toshini qo’shishdan maqsad, sement qotish muddatini uzaytirish hisoblanadi, gips toshi qo’shilmasa klinkerning o’zidan tortilgan sement juda zudlik bilan qotib qoladi . Boshqa qo’shimcha unsurlar sementning xususyatlarini mukammallashtirish va klinker sarfini iqtisod qilish maqsadlarida qo’shiladi. Nazorat savollari: 1. Bog’lovchi moddalarga ta’rif keltiring va QQQ tarkibida ishlatiluvchi bog’lovchi moddalarni qanday guruhlanadi? 2. Gips bog’lovchi moddasining xom ashyo manbai va uni sifatlari ta’riflab bering; 3. Xavoyi ohak bog’lovchi moddasi va uni ishlab chiqarilishi bayon eting; 4. Portlandsement bog’lovchi moddasi va uni ishlab chiqarish uslublari , jarayonni tashkil etish haqqida bayon eting; 5. Gips bog’lovchisi ishlab chiqarishning kimiyoviy knematik sxemasi va modifikasiyalari haqida bayon eting; 6. Gips bog’lovchi moddasining β-modifikasiyasi haqida nimalarni bilasiz? 7. Gips bog’lovchi moddasining α-modifikasiyasi haqida nimalarni bilasiz? 8. Portlandsement ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi asosiy xom ashyo manbai nima, bu xom ashyodan dastlabki jarayonda qanday tashkil etuvchi modda pishiriladi? 9. Portlandsement toshqol-klinkeri tarkibini tashkil etuvchi minerallar haqida bayon eting; 10. Portlandsement toshqol -klinker ishlab chiqarishning “quruq” va “Xo’l” usullarini ta’riflab berinng. Download 107.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling