Tashkil qiluvchi quruq qorishma mahsulotlar. Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda
Download 107.84 Kb. Pdf ko'rish
|
3-маъруза 21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi guruh
Birinchi guruh-amalda qo’llash uchun tayyor qorishmalar reologik
xususiyatlarini rostlash imkonini beruvchi unsurlar (tarkibni ravonlashtiruvchi (plastifikator), qotish jarayonini mo’tadillashtiruvchi (stabilizator), tarkib ravonligini bir holatda saqlab turuvchi (regulyator), qorishma tarkibida g’ovak hosil qiluvchi (gazoobrazovatel, penoobrazovatel, havoli sharchalar olib kiruvchi-vozduxovovlekator) deb nomlanadi; Ikkinchi guruh-beton va qorishmalar xususiyatlarini o’zgartiruvchi unsurlar: - qotish jarayonini rostlovchi unsurlar (tezlatuvchi, sekinlashtiruvchi), mustahkamlikni oshiruvchi, tosh qotgan qorishmadan suyuqlik sizib o’tishini susaytiruvchi (pronisayemost), qorishma tarkibida tosh qotgan po’lat armaturalar zanglashini susaytiruvchi (korrozionniostoykost), sulfatli tuzlar va tuzli eritmalar agressiv ta’siriga chidamli (sulfatostoykost), tosh qotgan qorishma chiziqli o’lchamlarini kamashishi yoki uzayishini bartaraf qiluvchi (usadka, rasshireniye) deb nomlanadi. Uchinchi guruh- beton yoki qurilish qorishmalariga maxsus xususiyatlar baxsh etuvchi qo’shimchalar sovuq-ayozli haroratga chidamliligini oshiruvchi (protivomorozniye), o’zidan suv va suyuqlikni itaruvchi (gidrofobizator), tosh qotgan qorishmalar sho’rlashini susaytiruvchi (biosid) deb nomlanadi. Qo’shimcha-unsurlardan sement asosli yoki mineral bog’lovchi asosli QQQ tarkibiga eng ko’p ishlatiluvchisi qorishma ravonligini (podvijnost) oshiruvchi texnik lingosulfonatlar (LST yoki SDB, A...V...Ye markali) bo’ladi. Bu qo’shimchalar beton qorishmasining ravonlik darajasini 1..4 sm dan 5...10 sm gacha oshiradi, shuning evaziga qorishmaning suvtalabchanlik ko’rsatkichi kamayib 3..7 % gacha sement yoki bog’lovchi sarfiga bo’lgan talab kamayadi. Shuningdek toshqotgan qorishmaning sovuq-ayozga chidamligi (morozostoykost) 7...10 siklga oshadi. Gips (Ganch). Gips (mahalliy nomi “Ganch yoki alebastr”) qurilish va me’morchilikda ko’p ishlatiluvchi, keng qo’llaniluvchi havoda qotuvchi bog’lovci modda. Bu bog’lovchi moddani ishlab chqarish kun sayin oshib, kengayib bormoqda. Gips ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida tabiiy gips toshi ishlatiladi, bu tabiiy madan olkamizda keng tarqalgan bo’lib, juda qadimdan ishlatilib kelinadi. Gips toshi ikki molekulali cuv va kalsiyli oltingugurt tuzining kristallaridan (qum, loy va boshqa) tashkil topgan bo’ladi. Qurilish gipsi (mahalliy nomi “ganch yoki alebastr”) gips toshini 130…170 grad C temperaturada kuydirish yo’li bilan olinadi. Buning uchun gips toshi shaxtali xumdon, quritish barabani, va maxsus apparatlarda qaynoq havo oqimi yo’nalishida pishiriladi. Gips ishlab chiqarishning eng ko’p tarqalgan usuli gips pishirish qozonlari jarayonidir. Kuydirib pishirilgan gips toshi maxsus tegirmonda tuyib kukun holatiga keltiriladi, bu kukun suv bilan qorishtirilganda yumshoq qaymoqdek qorishma hosil qiladi, lekin juda zudlik bilan qotib toshga aylanadi. Gips kukununi qorishtirishda suv miqdori reaksiya uchun keragidan ko’proq miqdorda olinadi. Ortiqcha suv miqdori 4o C temperaturada quritish bilan bartaraf etiladi va bu gips toshining mustahkamligini oshiradi. Gipsning qurilish va me’morchilikda kop ishlatilishi unung bir qator afzallik xususiyatlaridan kelib chiqadi: gips qorishmasi zudlik bilan qotadi (bunda gips tosh hajmi bir foizga oshadi); qotgan gips toshining uzasi silliq bo’ladi, harorat ta’sirida qurib mikro va makro yoriqlar hosil qilmaydi; qotgan gips toshiga osonlik bilan ishlov berish, qirqish, yo’nish, teshik ochish yoki mixlash imkoniyatlari mavjud; gips qorishmasitan quyish yo’li bilan turli-tuman shakldagi me’morchilik bezaklarini ham ishlash mumkin. Tarkibidagi chiqindi madanlarning miqdoriga qarab gipsning rangi nafaqat oq, balki gulobrang yoki kulrang bo’lishi mumkin. Shuningdek tarkibiga turli rangdagi hino kukunlarini qo’shish bilan xoxlagan rangdagi qurilish buumlari hosil qilinadi. CaSO 4 *2H 2 O = CaSO 4 *0.5H 2 O+1.5H 2 O Syvoq isharida ohak-qum qrishmasiga biroz gips qo’shilsa suvoqtoshning mustahkamligi oshdi. Gips qo’shilgan suvoq uzasi silliq va tiniq oq ranga ega bo’ladi. Gips qorishmasining qotish muddatida nisbatan quyidagi turlari mavjud: A – zudlik bilan (suv bilan aralashtirilgandan so’ng, qotishining boshlanishi 2 min, tugasi 15 min kam bo’lmagan) qotuvchi gips; B – normal qotuvchi (suv bilan aralashtirilgandan so’ng qotishning bpshlanishi 6 mim so’ng va 30 min ortiq bo’lmagan); C – sekin qotuvchi (faqat qotish jarayonining boshlanishi me’yorlangan bo’lib u 20 min dan ortiq bo’lmagan vaqtdan boshlanadi). Suv va gips qorishmasi qotish muddatini tezlatish yoki uzaytirish mumkin, buning uchun qorishma tarkibiga yog’och elimi, sulfit-spirt achitqisi, keratin qo’shimchasi va shuningdek chumoli kislotasidan foydalanish mumkin. Gipsning siqilishga mustahkamlik darajasiga ko’ra 12 markasi mavjud bo’lin G2 dan G 25 gacha bo’ladi, suningdek sinash-tadqiqot maqsadida gips qorishmasidan tayyorlangan, o’lchami 40x40x160 mm li gipstosh qotishmasining 2 soatdan so’ngi egilishga mustahkamligi (MPa da, kamida) G-2 uchun 1.2; G-3 – 1.8; G-4 uchun 2.0; G-5 uchun 2.5; G-6 uchun 3.0; G-7 uchun 3.5; G-10 uchun 4.5; G-13 uchun 5.5 va h.k. G25 uchun 8.0 ga teng bo’ladi. Namuna bo’lagining siqilishga mustahkamligi unung nomidan kam bo’lmasligi kerak, masalan G-13 uchun siqilishga mustahkamlik 13 MPa dan kam emas. Qurilishda asosan G-4 dan G-7 gacha markali gips bog’lovchi moddasi ishlatiladi. Qurilish gipsidan tashqari qoliplash gipsi ham mavjud bo’lib, bu gips kukunu asosan badiiy me’morchilik jihozlarini tayyorlashda ishlatiladi. Bu kukunning mahinlik darajasi qurilish gipsiga nisbstan ancha yuqori bo’lib, mustahkamligi ham baland va nisbatan tez qotadi. Shuningdek KNAUF butlovchi tizimlari asosini gips bog’lovchi moddasidan tayyorlangan turli-tuman “Quruq gips qorishmasi” tashkil etadi. Shulardan biri KNAUF-ROTBAND quruq qrishmasi bo’lib, ichki iqlim sharoiti quruq, mo’tadil xonalarni qo’lda devor va shift uzasini suvash ishlari uchun mo’ljallangan. Bu gips asosli qorishmadan tayyorlanuvchi suvoqning qalinligi 5 mm dan max-50 mm gacha bo’ladi; qorishma kukunining donadorligi 1.2 mm gsacha; suvoq loyining qurish muddati 7 sutkagacha; suvoq loyining qalinligi 10 mm bo’lganda qorishma kukunining sarfi 8.5 kg/m2; bunda qorishma maxsus qog’oz qoplarga 30 kg dan qilib qadoqlangan bo’ladi va undan qorishma tayyorlash uchun 18 litr suv solinadi; hosil bo’lgan qorishma 3.5 m2 uzani 10 mm qalinlikda suvash uchun etadi. 20-rasm. KNAUF-ROTBAND quruq qorishmasi 30 kg dan qadoqlanib, qog’oz qoplarda maxsux yog’ochtaglik ustida iqlim sharoiti quruq bo’lgan xonalarda saqlanadi. 4 ma’ruza Download 107.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling