Innovatsiya faoliyatida qatnashuvchi shaxslarning fe’l-atvorida oltita toifa ko’zga tashlanadi: Innovatsiya faoliyatida qatnashuvchi shaxslarning fe’l-atvorida oltita toifa ko’zga tashlanadi: - Innovatorlar – ular o’z g’oyalarini taklif etadigan va qattiq turib himoya qiladigan tashabbuskorlar bo’lib, o’z takliflari ro’yobga chiqarilishi uchun kurashadigan, bu yo’lda hatto mojarolashuvdan ham tap tortmaydiganlardir.
- Yangilik tarafdorlari – yangilik muhimligiga ishonch hosil qilganlaridan keyin uni darhol qo’llab-quvvatlaydiganlardir. Tashabbuskorning taklifi joriy etilishini xohlaydigan rahbar ana shularga tayanib ish tutmog’i lozim. Ammo u yakdillar guruhini tashkil qilayotganida yangilikning dalil-isbotli ekaniga ishonch hosil qilishi kerak.
- Yangilikka ikkilanib qarovchilar – yangi taklifning ahamiyatini yetarlicha tushunmayotgan yoki uning foydasidan zarari ko’p bo’lishi ehtimolidan cho’chiydiganlar.
- Betaraflar – yangi takliflarga befarq qarovchilar.
- Ishonchsizlik kayfiyatidagilar – yangiliklardan salbiy oqibatlarni qidiruvchi xodimlar.
- Yangiliklarga ters qarovchilar – yangilikka qarshilik qiluvchilar.
O’zgartirishlarga qarshilikni bartaraf etish juda muhim vazifa bo’lib, unda ana shu qarshiliklarni butunlay yo’qotib bo’lmaslikni e’tiborga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |