Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada


MDH DOIRASIDAGI INTEGRATSION MUNOSABATLAR MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI


Download 0.92 Mb.
bet7/9
Sana26.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1655235
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GLOBALDAN KURS ISHI ORIGINAL

5.MDH DOIRASIDAGI INTEGRATSION MUNOSABATLAR MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI.
MDH doirasida savdo-iqtisodiy aloqalami rivojlantirish bo‘yicha davlatlar mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki-yillardanoq juda ko‘p iliq fikrlar aytilgan, davlatlar rahbarlari tomonidan yetarlicha maqsadga muvofiq bitimlar, kelishuvlar imzolangan bo‘lsa-da, amalda bujarayonlar oqimi juda sust amalga oshmoqda. MDH respublikalari orasidagi iqtisodiy munosabatlarda dezintegratsion jarayonlar ustuiv o‘ringa ega bo‘lmoqda. Mamlakatlararo tovar almashinuv hajmiwng qisqarishi, respublikalar yalpi ichki mahsulot hajmida o‘zaro savdo almashinuv hissasining pasayishi fikrimiz dalilidir.
Respublika tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 29,4%i MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi.

7-rasm. O'zbekistonning MDH davlatlari bilan savdosi

2022 yilning fevral oyida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 29,4%i MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021 yilning mos davriga nisbatan ulushi 12,1%ga ko‘paygan.
Boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2022 yilning fevral oyida 2021 yilning mos davriga nisbatan 12,1%ga kamaydi va jami TSAdagi ulushi 70,6%ni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022 yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra 2,6 mlrd.dollarni tashkil etdi. Shundan eksport – 805,5 mln.dollarga yetgan bo‘lsa, import – 1,8 mlrd.dollar qiymatida qayd etildi.
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (48,7 %), Qozog‘iston (24,1 %) hamda Qirg‘iz Respublikasi (5,5 %) davlatlari bilan qayd etildi.
Eng avvalo shuni ta’kidlash joizki, ko‘p adabiyotlarda MDH doirasida savdo-iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar siyosiy sohadan izlanadi. Ba’zi adabiyotlaida integratsiya jarayonlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabab sifatida mustaqillik eyforiyasi, yangidan qo‘lga kiritilgan mustaqillikni qo‘ldan boy berishdan cho‘chigan davlat rahbarlarining pessimistik kayfiyati keltirilsa, ba’zilarida hal qiluvchi sabab sifatida boshqa davlatlarning, xususan, AQShning ta’siri ko‘rsaliladi. Bunday mulohazalarda qandaydir ma’noda jon bo‘lishi mumkin. Biroq asosiy sabab - bu emas.
Milliy xo‘jaliklar integratsiyasi - bu eng avvalo o‘zining ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadigan iqtisodiy jarayondir. A'zo davlatlarning siyosiy chora-tadbirlari qanchalik muhim bo‘lmasin, ular hal qiluvchi emas. Bunday chora-tadbirlar integratsiya jarayonlarini yengillashtirishi yoki og‘irlashtirishi, tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ammo ular shart-sharoit, asos bo‘lmagan joyda jarayon hosil qila olmaydi. Shu sababli iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni iqtisodiy sohadan izlash lozim.
Ma’lumki, milliy xo‘jaliklarning integratsiyalashuvi bozor munosabatlari va erkin tadbirkorlik asosida rivojlanayotgan mamlakatlar orasida yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, integratsiya eng avvalo sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo korxonalarining, banklarning va boshqa xo‘jalik subyektlarining bevosita o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Faqat mana shunday chuqur bogliqlik ularni asta-sekin hududiy miqyosdagi yirik ijtimoiy-iqtisodiy organizmlarga aylantiradi. Bu esa nafaqat har bir a’zo mamlakatga iqtisodiy jihatdan manfaat keltiradi, balki mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuviga ham mustahkam poydevor yaratadi va ularni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘taradi. Bozor munosabatlariga zid, ma’muriy-buyruqbozlik asosida shakllangan iqtisodiy aloqalar esa halokatga mahkum bo‘ladi. Bunga yaqqol misol - o‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashidir.
Ma'lumki, u hukumatlararo kelishilgan tovarlar ro‘yxatiga ko‘ra mamlakatlarning bir-biriga tovar yetkazib berishi asosida faoliyat ko‘rsatar edi va ko‘proq harbiy-siyosiy manfaatlardan kelib chiqqan holda tuzilgan edi. Shu sababdan bu iqtisodiy blok birinchi turtkidayoq halokatga mahkum bo‘ldi. Shu munosabat bilan MDH respublikalarining barchasi bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanish yo‘liga o‘tmas ekan ular orasidagi integratsion aloqalar rivojlanmaydi. Hozirgi kunda bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni mintaqaning har bir mamlakatida bar xil sur’atlarda amalga oshmoqda. Jumladan, MDHning ba’zi davlatlarida yalpi ichki mahsulotning katta qismi nodavlat sektorlari (omonidan yaratilayotgan bo‘lsa, ba’zilarida davlat sektorining ulushi hali ham yuqori.
Jahon tajribasidan ma’lumki, yuqori darajada sanoatlashgan va diversifikatsiyalashgan milliy xo‘jaliklargina integratsiyalashuvi mumkin. Bunday mamlakatlar ham ishlab chiqarish, ham iste’mol uchun mo‘ljallangan turli xil ko‘rinishga ega bir xil lurdagi yuzlab tayyor mahsulotlarni o‘zaro ayirboshlab, bir-birlarini o‘zaro to‘ldiradilar. Faqat ana shunda xalqaro miqyosdagi tadbirkorlik biznesni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil bo‘la oladi. MDH mamlakatlarining aksariyati esa agrar-industrial xarakterga ega iqtisodiyot tizim iga ega. Bu eng avvalo respubiikalarning Ittifoq mehnat taqsim otida xom ashyo yetkazib beruvchi baza sifatida shakllanganligi bilan bog‘Iiq. lttifoqdan meros bo‘lib qolgan bu tizim hozirgi kunda ham qishloq xo‘jalik va mineral xom ashyo resurslarini qayta ishlash va undan foydalanishda ichki mintaqaviy kooperatsiyaning past darajasini va umuman ichki mintaqaviy savdo-iqtisodiy munosabatlaming nisbatan sust rivojlanishini belgilab bermoqda.
MDHdoirasidaintegratsion aloqalar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan yana biri respublikalar rivojlanish darajasi o‘rtasidagi tafovut bilan bog‘liq. Ularning rivojlanish darajasi bir-biridan sezilarli farq qiladi.
Milliy valyutalar barqarorligining turli xil darajasi, kapitallar harakatidagi chegaralashlar, transport infratuzilmasining turli xil darajasi va boshqa omillar ham MDHda savdo-iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishiga aks ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. MDH doirasida savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammo tashkiliy-huquqiy asos va hamkorlikka a’zo mamlakatlar o‘zaro harakat mexanizmining takomillashmaganligi hisoblanadi. Shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining turli darajada ekanligi, alohida mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi tafovut, milliy qonunchilik hujjatlarining muvof.qlashtirilmaganligi kabi omillar ham integratsiya imkoniyatlarining cheklanishiga olib kelmoqda. Erkin savdo zonalarini tashkil etish, to‘lov ittifoqini shakllantirish, yagona kommunikatsion va axborot makonini barpo etish, ilmiy-texnika va texnologik hamkorlikni takomillashtirish asosida umumiy iqtisodiy makonni shakllantirish orqali MDHga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi integratsion aloqalami yanada rivojlantirish mumkin. A’zo mamlakatlar investitsiya salohiyatlari integratsiyasi, Hamdo‘stIik doirasida kapital oqimini samarali yo‘lga qo‘yish eng muhim muammolardan hisoblanadi.MDH doirasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarining faollashuvi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga quyidagi yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi:
- MDH doirasida integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi natijasida eng avvalo milliy xo‘jaliklaming tarmoq tarkibi takomillashadi, chunki iqtisodiy hudud doirasida moddiy ishlab chiqarishning samarali tarmoqlarini tanlash va kapital qo‘yilmalarni iqtisod qilgan holda import qilish maqsadga muvofiq bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishdan voz kechish imkoniyati paydo bo‘ladi;
- mintaqaviy integratsion tashkilotga a’zo bo‘lib kirgan har bir mamlakatda zamonaviy ixtisoslashgan ishlab chiqarish tarmoqlari shakllanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi, mahsulot ishlab chiqarishning texnik darajasi va sifati yaxshilanadi;
- fan va texnika sohasida yagona siyosat yuritish va integratsiyaning chuqurlashuvi natijasida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va uning natijalarini amaliyotga joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
- MDH doirasida tovarlar umumiy bozorining shakllanishi natijasida o‘zaro tovar almashinuv hajmi oshadi. Yirik miqdorda ishlab chiqariladigan tovarlar bo‘yicha yagona eksport siyosati yuritish natijasida esa ulaming jahon bozoridagi mavqei yaxshilanadi, jahon bozori kon’yunkturasidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi;
- MDH bo‘yicha xizmatlar umumiy bozorining shakllanishi gorizontal iqtisodiy aloqalar rivojlanishini ta’minlaydi, qo‘shma korxonalar, birlashmalar, firmalar tuzish imkoniyati yaxshilanadi. Natijada yangi samarali xo‘jalik aloqalari vujudga keladi va rivojlanadi;
- Mehnat resurslari umumiy bozorining shakllanishi natijasida mamlakatlararo ishchi kuchi harakati faollashadi, kadrlar tayyorlash va ulardan foydalanish samaradorligi oshadi, bandlik tarkibi takomillashadi.
XULOSA
Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy xo‘jaliklar (davlatlar) o‘rtasida ko‘p tomonlama o‘zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo‘lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli ko‘rinishdagi o‘zaro aloqadorligini ifoda etadi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki darajada (mikro – transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi.
Jahon xo‘jaligida iqtisodiy integratsion jarayonlarning asosida bir qator obyektiv omillar yotadi: xo‘jalik hayotining yanada baynalminallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; umumjahon ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy-texnika inqilobi (ITI); milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasini kuchayishi va boshqalar.
Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar natijasida butun bir valyuta birligiga (dollar, evro, rubl, so‘m va x.k.lar), moliyaviy byudjetga, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruv tizimiga asoslangan mintaqaviy xo‘jalik tarmoqlari tashkil topadi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiya markazlari bo‘lib G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo - Tinch okeani mintaqalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishidagi dolzarb masalalardan biri uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvidir. Shu bois, yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakat nuqtai nazaridan respublikamiz samarali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida, dunyo mamlakatlarining integratsiyalashuv strategiyalarini o‘rganish, uni atroflicha tahlil qilish va ular haqida yetarli bilimga ega bo‘lish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. «Xalqaro iqtisodiy integratsiya»ning asosiy tushunchalari va tavsiflari taqqoslanganda, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi darajasi integratsiyaga ta’rif berishning asosiy omili ekanligi asos bo‘ladi. Real iqtisodiy integratsiya qatnashuvchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining muayyan tengligini nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning xalqaro umumlashgan darajasini ifodalaydi.
Jahon mamlakatlarining turli xil mintaqaviy uyushmalar bilan o‘zaro aloqadorligi respublikamizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga olib keladi. O‘zbekiston BMT, MDH, YeI, NATO, ASEAN va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekistonning jahon miqyosida, global darajada amalga oshirilayotgan strategik integratsiyaviy vazifasi – mamlakatning barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlariga tashqi dunyo bilan o‘zaro hamkorligi uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga javob beruvchi shart – sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Ushbu vazifaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning globallashuv jarayonlarida to‘liqroq ishtirok etish imkonini beradi. Shu sababli ham ushbu jarayonlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish na faqat iqtisodchi mutaxassislar uchun balki boshqa soha xodimlari uchun ham foydadan holi emas. Rivojlanayotgan hududlarga taalluqli bo'lishi uchun klassik integratsiya nazariyalari mintaqaviy integratsiyaning mintaqadan tashqari ta'sirini o'z fikrlariga kiritishi kerak. Neofunksionalistlar mintaqaviy integratsiyaning mintaqadan tashqari mantiqiy ta'siridan tarqalish effektlari qanday va qanday kelib chiqishi mumkinligini ko'rib chiqishlari kerak. Bu erda savol tug'iladi, agar ikki sektor o'zaro iqtisodiy bog'liqlik bilan bog'lanmagan bo'lsa, bir sektordagi integratsiya boshqa sektorda integratsiyani qanday keltirib chiqaradi. Hukumatlararo liberallar oʻz eʼtiborini mintaqalararo manfaatlardan mintaqaviy aʼzo davlatlarning mintaqadan tashqari manfaatlariga qaratishlari kerak. Bu kamroq muammo, chunki u nazariyaning yangi elementlarini ishlab chiqishni talab qilmaydi, faqat tahlil doirasini kengaytirishni talab qiladi. Institutsionalistlar mintaqaviy integratsiyaning mintaqadan tashqari mantiqi mintaqaviy institutlar qurilishi bilan qanday o'zaro ta'sir qilishini o'rganishlari kerak. Mumkin bo'lgan savollar, rivojlanayotgan hududlarga YI(Yevropa ittifoqi) kabi bir xil institutsional dizayn kerakmi yoki mintaqaviy institutlarning boshqa shakllari adekvatmi va bu mintaqaviy institutlar o'zaro bog'liqlik darajasi yuqori bo'lgan mintaqaviy bozorni boshqarmasalar, qanday kuchga ega bo'lishadi.
Rivojlanayotgan hududlarga taalluqli bo'lishi uchun klassik integratsiya nazariyalari mintaqaviy integratsiyaning mintaqadan tashqari ta'sirini o'z fikrlariga kiritishi kerak. Neofunksionalistlar mintaqaviy integratsiyaning mintaqadan tashqari mantiqiy ta'siridan tarqalish effektlari qanday va qanday kelib chiqishi mumkinligini ko'rib chiqishlari kerak. Bu erda savol tug'iladi, agar ikki sektor o'zaro iqtisodiy bog'liqlik bilan bog'lanmagan bo'lsa, bir sektordagi integratsiya boshqa sektorda integratsiyani qanday keltirib chiqaradi. Hukumatlararo liberallar oʻz eʼtiborini mintaqalararo manfaatlardan mintaqaviy aʼzo davlatlarning mintaqadan tashqari manfaatlariga qaratishlari kerak. Bu kamroq muammo, chunki u nazariyaning yangi elementlarini ishlab chiqishni talab qilmaydi, faqat tahlil doirasini kengaytirishni talab qiladi. Institutsionalistlar mintaqaviy integratsiyaning mintaqadan tashqari mantiqi mintaqaviy institutlar qurilishi bilan qanday o'zaro ta'sir qilishini o'rganishlari kerak. Mumkin bo'lgan savollar, rivojlanayotgan hududlarga YI(Yevropa ittifoqi) kabi bir xil institutsional dizayn kerakmi yoki mintaqaviy institutlarning boshqa shakllari adekvatmi va bu mintaqaviy institutlar o'zaro bog'liqlik darajasi yuqori bo'lgan mintaqaviy bozorni boshqarmasalar, qanday kuchga ega bo'lishadi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling