Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAXON XO‘JALIGI TIZIMIGA IQTISODIY INTEGRATSIYALASHUVI YO‘NALISHLARI
Download 0.92 Mb.
|
GLOBALDAN KURS ISHI ORIGINAL
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAXON XO‘JALIGI TIZIMIGA IQTISODIY INTEGRATSIYALASHUVI YO‘NALISHLARI.
Jahon xo‘jaligi globallashuvining zamonaviy bosqichida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotini erkinlashtirish sharoitda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida kuch-g‘ayratni jam lash zaruriyati yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, va gumanitar tashkilotlar, ilg‘or Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo qit’asi davlatlari, МГЗН mamlakatlari va ayniqsa, Rossiya, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining jahon xo‘jalik tizimiga chuqur integratsiyalashuvi muammolarini hal qilish uchun respublikaning eksport salohiyatini ancha mustahkamlash, eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar assortimenti hajmini va turini oshirish va kengaytirish, mamlakatning jahon bozoridan o‘rin olishini faol mustahkamlash zarur. Hozirgi vaqtda amal qilayotgan rag‘batlantirishlar va imtiyozlar bilan birga, milliy ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligini kuchaytirish. import qilinadigan mahsulotlarning o ‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni oqilona asoslangan holda rivojlantirish bilan uyg‘un ravishda yakuniy mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora tadbirlar majmuini amalga oshirish muhimdir. Yuqorida aytib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda, nazarimizda, davlatlararo iqtisodiy integratsiya - iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan davlatlar birlashishining obyektiv jarayonidir. U faqat tegishli mamlakatlar tashqi savdosi sohasi, ulam ing bozor aloqalarinigina (xalqaro hamkorlikda bu ko‘pincha uchrab turadi) qamrab olish bilan cheklanmay, balki m azkur mamlakatlar moddiy ishlab chiqarishi sohasiga chuqur kirib boradi, turli darajada va har xil shakllarda qayta ishlab chiqarish tuzilm alarining tobora mustahkamroq o‘zaro hamkorligiga olib keladi. Jahon xo‘jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy guruhlar yoxud ittifoqlarga birlashgan m am lakatlam ing integratsiyaviy salohiyati tashkil qiladi. Mamlakatning integratsion salohiyati deganda, fikrimizcha, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning alohida tomonlari-subyektlari (integratsiyalashayotgan mamlakatlar) amalga oshiradigan xalqaro ishlab chiqarish-iqtisodiy hamkorlik va almashuv predmeti bo‘lgan milliy tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, moliya-kredit, savdo resurslari, ilmiy xodimlar va odamlarning aqliy qobiliyati majmuini tushunish zarur. O‘zbekistonning integratsion aloqalarini jadallashtirishga xizmat qiladigan omillar va sharoitlar orasidan respublika integratsion salohiyatining quyidagi aniq-ravshan ustunliklarini sanab o‘tish mumkin, ya’ni: - O‘zbekistonning Yevroosiyo qit'asidagi qulay geostrategik joylashuvi; - yer, mineral-xomashyo va o‘simliklarning ancha katta zaxirasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan tengi yo‘q tuproq-iqlim sharoitlari; - muhim ilmiy-ishlab chiqarish va eksport salohiyati; - tegishli davlatlararo koopresiyalashuv va birgalikdagi investitsiyalar mavjud bo’lganda ancha qisqa muddatlar ichida tayyorgarlikning yuqori darajasiga ega raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qiiishga imkon beradigan yirik ishlab chiqarish salohiyati; - odamlar salohiyati, tez ko‘payib borayotgan bilimli mehnat resurslari, shuningdek, nisbatan arzon (jahon miqyosida olib qaraganda) ish kuchi mavjudligi; - rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi, birinchi navbatda respublikani MDHning boshqa mintaqalari bilan bog‘lab turadigan, avtomobil va temir yo‘l magistrallari, telekommunikatsiya tizimining mavjudligi; - mamlakatda chet el kapitalini investitsiya qilish, o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy va integratsion hamkorlikning yaxshi kafolati bo‘lgan barqaror siyosat. Yuqorida ko‘rsatilgan pozitsiyalar bo‘yicha milliy iqtisodiyotning ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan sharoitida mamlakat integratsiyaviy salohiyatidan samaraliroq foydalanish uchun bu salohiyatning hozirgi holatiga baho berish kerak. Birinchi navbatda, bu potensialning tarkibiy qismiari bo‘lgan geostrategik joylashuv, tabiiy-xomashyo va melwat resurslari, shuningdek eksport imkoniyatlari kabilarni tavsiflash lozim. XXI asr kirib kelishi bilan jahon iqtisodiyotidagi integratsiyaviy moyillik juda yaqqol namoyon bo‘ldi.Xalqaro mehnat taqsimoti shu darajaga yetdiki, milliy xo‘jaliklar tobora ko‘proq integratsiyalashuv xususiyatini kasb etmoqda. Bu esa xalqaro xo‘jalik faoliyatining baynalmilallashuviga olib kelayotganligi miqyos olmoqda. Integratsiya haqida gapira turib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Jahon hamjamiyatiga integralsiyalashuv iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo‘lgan demokratik davlatlar tushunchasiga muvofiq kelgandagina mumkin bo‘ladi. Ayni paytda mamlakatmi zamonaviylashtirish uning, shubhasiz, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o‘zining munosib o‘rnini topishi, mintaqaviy va global xavfsizlik tizimini yaratish shartlari mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi».haqida gapirishga imkon beradi. Bu sharoitlarda o‘zaro hamkorlikning an’anaviy shakllari - xalqaro savdo, kapitallarning ko‘chishi, ish kuchining migratsiyasi - yangi, aniq ifodalangan institutsional shakllarga ega boMmoqda. Bir tomondan, davlatlararo mintaqaviy birlashmalar tuzilmoqda (eng yaqqol misol — Yevrohukumat va Yevroparlamentga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqi), boshqa tomondan - o ‘z faoliyatining xususiyati bo‘yicha ham alohida davlatlar, ham butun mintaqalaming hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) keng miqyos olmoqda. Integratsiya haqida gapira turib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Jahon hamjamiyatiga integralsiyalashuv iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo‘lgan demokratik davlatlar tushunchasiga muvofiq kelgandagina mumkin bo‘ladi. Ayni paytda mamlakatmi zamonaviylashtirish uning, shubhasiz, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o ‘zining munosib o‘rnini topishi, mintaqaviy va global xavfsizlik tizimini yaratish shartlari mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi». Yosh, mustaqil davlat bo‘Igan O‘zbekiston Respublikasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv muammosi aynan bugun, respublikamiz davlatchiligi shakllanayotgan, jahon xo‘jalik tizimida o‘z o‘rnini izlayotgan bir paytda va sivilizatsiyalashgan demokratik jamiyat qurishda o‘ta muhimdir. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang‘ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda dunyo miqyosida va mintaqa ko‘lamida-integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: «bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi intefatsiyalashuvi serqirra jarayondir», deb alohida ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Eksport salohiyatini rivojlantirish O‘zbekistonga XXI asr jahon iqtisodiyotiga xos bo‘lgan hamda alohida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqligi va xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi bilan tavsiflanuvchi globalizatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish imkonini beradi. Ko‘p tomonlama xalqaro iqtisodiy, valyuta-moliyaviy va savdo tashkilotlarining ahamiyati milliy iqtisodiyot uchun ham, jahon iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki aynan ana shu tashkilotlar shunday huquqiy makonni yaratishga yordam beradi, jahondagi tashqi iqtisodiy va integratsion aloqalar shu makon doirasida amalga oshiriladi. O‘zbekistonning BMT, YeXHT, Yel, NATO, Jahon banki, XVF, EKO, OIK, Shi IT va boshqa tashkilotlar faoliyatida faol ishtiroki mamlakatimizga ijtimoiy-iqtisodiy muammolami hal etish borasidagi jahon tajribasidan foydalanish, muhim bo‘lgan zamonaviy ilmiy-texnikaviy axborotlar, «nou-xau»larni, beg‘araz beriladigan hujjat va materiallarni olish imkoniyatini beradi. BM Tning ixtisoslashtirilgan muassasalari turli tarmoqlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni tartibga solishning tengi yo‘q m e’yoriyijodiy mexanizmi hisoblanadi. Valyuta-moliya va savdo muassasalari savdo hamda valyuta-kredit sohasida juda muhim tartibga soluvchi rolni o‘ynaydi va O‘zbekistonga davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi. Jahon tajribasi sivili/atsiyalashgan integratsiya uyushmalariga integratsiyalashayotgan davlatlar umumiy rivojlanganligining m a’lum bir darajada bo‘lishini nazarda tutishini ko‘rsatdi (buni Yel tajribasi ham tasdiqlab turibdi, unga a’zo mamlakatlar o‘z ittifoqlariga urushdan keyingi deyarli 50-yil davomida erishishdi). O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining negizida tashqi aloqalarda ochiqlik, teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, o‘z milliy-davlat manfaatlari ustunligini saqlagan holda o ‘zaro manfaatlarni hisobga olish, umum e'tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish va xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyillari yotadi. Respublikamizning o‘z taraqqiyot modelini takomillashtirish va joriy etishni ishlab chiqishda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish sezilarli rol o‘ynaydi. Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish respublikada islohotlarni yanada samaraliroq amalga oshirish va boshqa davlatlar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslik uchun zarurdir. O‘zbekiston bozor islohotlarini amalga oshirishning asoschisi hisoblanmaydi. Buning juda ko‘p ijobiy tomonlari bor, zero bizning respublikamizga boshqa mamlakatlar yo‘l qo‘ygan xatolardan saboq olish, shu bilan birgalikda, ulaming yutuklarini yurtimiz shart-sharoitlaridan kelib chiqqan xolda joriy qilish imkoniyati berilgan. Alohida mamlakatlar rivojlanish modelidan ko‘r-ko‘rona andoza olish kerak emas, ko‘plab davlatlar tajribasini ichki shart-sharoitlarga muvofiq ravishda uyg‘unlashtirish zarurdir. Tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to‘lov balansini yanada yaxshilashga, qulay investitsiya muhitini yaratishga yo"naltirilishi kerak. Buning uchun respublikamizda zarur shart-sharoitlar va negizlar mavjud. Rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga o‘tgan O‘zbekiston juda ko‘p nufuzli xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarining teng huquqi a’zosiga aylandi. Qisqa vaqt ichida respublikamiz Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banklar guruhi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sogTiqni saqlash tashkiloti, Xalqaro elektraloqalari ittifoqi, Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Hududiy iqtisodiy ham do‘stlik tashkiloti, Bojxona hamdo‘stligi kengashi kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi. Respublikamizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi uchun faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Eksport tarkibini xom ashyo resurslaridan O‘zbekiston uchun foydaliroq bo‘lgan eksport ko‘rinishlari: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash orqali tayyorlangan tayyor mahsulotlar, yengil sanoat va ilm talab tarmoqlar tovarlari eksporti yo‘nalishiga tubdan o‘zgartirish kerak. Xomashyoga yo‘naltirilgan eksportni saqlab turish respublika uchun istiqbolli emas. Paxtani esa respublikaning o‘z to‘qimachilik va yengil sanoati qudratli rivojlangunga qadar eksport qilish darkor. Paxta tolasi bilan emas, balki sivilizatsiyalashgan mamlakatlar singari tayyor mahsulot bilan savdo qilish lozim. Faqat ichki bozorda emas, balki, eng avvalo, jaqon bozorida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash bosh vazifa bo‘lishi kerak. Jahon bozorlarida allaqachon talabga ega bo‘lishga ulgurgan, kiritilgan investitsiyalami qisqa vaqtda ikki-uch yilda qoplabgina qolmasdan, balki respublikamizga valyuta tushumlarining mustahkam manbai sifatida xizmat qiladigan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar ustuvor ravishda rivojlantirilishi darkor. Eksport salohiyatini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, eng avvalo, nodir xomashyolarni qayta ishlash asosida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni rivojlantirish, xorijiy hamkorlar bilan mehnat resurslariga — qishloqqa yaqin joylarda ixcham korxonalar tashkil etish zarur. Asosan, bu korxonalarning barchasi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanishi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishi darkor. Bu yo‘l orqali bir necha yildan so‘ng respublikamiz zamonaviy texnologiyalar, asosini mahalliy aholi tashkil etuvchi zamonaviy ish kuchiga ega boiadi. O‘zbekiston o‘z ishlab chiqarishi negizida mahalliy xomashyolardan tayyorlangan yuqori sifatli tovarlar bilan jahon bozorini egallash kerak. Eksportni kengaytirish bo‘yicha strategiyani faol olib borish bilan birga aniq yo‘naltirilgan import o‘rnini qoplash bo‘yicha siyosatini o‘tkazish talab qilinadi. Bunda o‘zimiz ishlab chiqara oladigan tovar va mahsulotlar importini mumkin darajada kamaytirish kerak. Import o‘rnini qoplash dasturi doirasida asosiy e’tiborni oziq-ovqat mahsulotlari va resurslar importi sohasidan ekinlarning yuqori hosil beradigan navlari va bu ekinlarga ishlov beruvchi sanoat texnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy asbob-uskunalar, shuningdek, fermer (dehqon) xo‘jaliklari uchun texnikalar importi sohasiga ko‘chirish kerak. Ilg‘or texnologik qurilmalar, ilg‘or texnologiya, ishlab chiqarishni qaytadan texnik jihozlash uchun litsenziyalar, shuningdek, eng zarur bo‘lgan iste’mol tovarlari, xomashyo va dori-darmonlar importiga ham diqqat-e’tiborni qaratish darkor. Tashqi iqtisodiy faoliyatni bundan buyon ham erkinlashtirish bo‘yicha aniq bir maqsadga yo‘naItirilgan siyosatni olib borish, xo‘jalik subyektlariga xorij iy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishda katta erkinliklar berish, respublikamizda ishlab chiqarilgan maqsulotlarni xorijda sotish, tovarlar eksporti va importiga yanada imtiyozli tartiblarni joriy qilish - bular siyosatimizning zamonaviy bosqichdagi ustuvor yo‘nalishlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida ko‘plab tovar turlariga import bojlari allaqachon olib tashlangan, eksport va importga bojxona boji stavkalari sezilarli darajada pasaytirilgan, valyuta tushumlarini taqsimlash tizimi tubdan o‘zgartirilgan. Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni, to‘g‘ridan- to‘g ‘ri kapital qo‘yilmalarini ustun ravishda keng ko‘lamda jalb qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratishga, qo‘shma korxonalarni tashkil qilishga, shuningdek, investorlar manfaatlarini himoya qilishga katta e ’tibor qaratilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini yaratish - bu tashqi aloqalami rivojlantirish manfaatlariga va shart-sharoitlariga javob beradigan ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta firmalari, transport tizimi, aloqa va kommunikatsiya tizimlarini barpo qilish demakdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning bu va boshqa yo‘nalishlarini amalga oshirish O ‘zbekiston iqtisodiyotining tez orada jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy zamin yaratish imkonini beradi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling