Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi Reja
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”
Download 51.92 Kb.
|
9 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boj tarifi to‘g‘risida”
- Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida belgilangan. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari uchun o‘zaro preferensiya va imtiyozlar berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bir qator davlatlar bilan eng ko‘p qulaylik rejimi taqdim etiladigan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolagan (“Eng yaxshi qulaylik rejimi taqdim etiladigan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan mamlakatlar ro‘yxati”. 08.04.1998 y. 426-son). “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi 3-qismiga asosan savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 19-moddada esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vakolatlari belgilangan. Mazkur Qonunning 20-moddasiga muvofiq tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin. Qonunning 21-moddasi tovarlar ayrim turlarining eksport va importini litsenziyalash hamda kvotalash tartibini belgilaydi. Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlar ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar tomonidan beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin. Kvotalarni taqsimlash, qoida tariqasida, tanlov yoki kimoshdi savdosi asosida amalga oshiriladi. Eksport va import qilinishi litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur bo‘lgan tovarlar ayrim turlarining ro‘yxati, shuningdek litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida import kvotalari qo‘llanilmaydi, biroq 1987 yilgi Download 51.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling