Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi Reja


Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli


Download 51.92 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi51.92 Kb.
#1529354
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2005 y. “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 247-sonli Qaroriga asosan 2005-2030 yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga kvotalar tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.1998 y. “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 137-sonli Qaroriga asosan “Kontraktlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin eksport qilinadigan tovarlar Ro‘yxati” hamda “O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) Ro‘yxati” tasdiqlangan.
Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan import va eksport bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.1997 y. “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1871-sonli Farmoniga asosan 1997 yil 1 noyabridan boshlab barcha turdagi tovarlarga (ishlar, xizmatlar) qo‘llaniladigan eksport bojlari bekor qilingan. Ushbu Farmonga muvofiq litsenziya asosida eksport-import qilinadigan tovarlar, eksport hamda import qilish taqiqlangan tovar va mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga etil spirtini olib kelish va uning tranziti ham taqiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.2009 y. “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1169-sonli Qororiga asosan 2009 yilning 1 sentabridan boshlab qo‘llaniladigan import boji stavkalari tasdiqlangan. Stavkalar tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda yoki tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda AQSh dollarida hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2011 y.
Download 51.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling