Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi Reja


Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”


Download 51.92 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi51.92 Kb.
#1529354
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan Tovar importi ko‘payishini cheklash bo‘yicha tovar importining miqdori va (yoki) qiymatiga (import kvotasi) nisbatan cheklov tariqasida, import bojidan tashqari undiriladigan maxsus boj tariqasida qo‘llaniladigan choralar yoki tovar importi ko‘payishini cheklashga qaratilgan boshqa choralar muhofaza choralaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 19 maydagi 129-son Qarori bilan tasdiqlangan “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining borligini aniqlash maqsadida tekshirish o‘tkazadigan vakolatli organ hisoblanadi.
Vakolatli organ tekshirish natijalari bo‘yicha muhofaza choralarini, antidemping yoki kompensatsiya bojlarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Download 51.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling